XAVFSIZ KIBERMAKON” SHIORI OSTIDA UCHRASHUV O'TKAZILDI
2026-yil 13-may kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Xavfsiz kibermakon” shiori ostida soha mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi.Mazkur tadbirda Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i A.K. Atajanov hamda boshqarma katta inspektori Sh.H. Ro‘zimatov ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlarga kibermakon xavfsizligi, internet tarmoqlaridan to‘g‘ri va xavfsiz foydalanish, kiberjinoyatlardan himoyalanish hamda axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muhim tavsiya va tushuntirishlar berdilar.
Uchrashuv davomida bugungi raqamli davrda yoshlarning axborot texnologiyalaridan oqilona foydalanishi, ijtimoiy tarmoqlardagi turli tahdidlardan ogoh bo‘lishi hamda shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, kiberfiribgarlik, noqonuniy axborot tarqatish va internet orqali sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbir savol-javoblarga boy, ochiq muloqot tarzida o‘tib, o‘quvchilarning mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Mazkur uchrashuv yoshlar o‘rtasida axborot madaniyatini yuksaltirish hamda xavfsiz kibermakon muhitini shakllantirishda muhim аhamiyat kasb etdi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
2026-yil 9-aprel kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida pedagog xodimlar va o‘quvchilar ishtirokida kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan navbatdagi profilaktik tadbir tashkil etildi.9-04-2026, 09:43
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida kiberjinoyatchilik hamda narkojinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.25-03-2026, 10:56
"Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi13-05-2025, 09:35
"XAVFSIZ HAYOT UCHUN" MARAFONI5-03-2023, 16:32
PAYSHANBA- YOSHLAR KUNI5-03-2026, 13:24











