Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » "XAVFSIZ HAYOT UCHUN" MARAFONI

"XAVFSIZ HAYOT UCHUN" MARAFONI

5-03-2023, 16:32
126
Urganchda “Xavfsiz hayot uchun” velo va piyoda yurish marafoni oʼtkazildi.

Bugun Toshkent shahri, Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlar markazlarida “Xavfsiz hayot uchun” shiori ostida velo va piyoda yurish marafoni oʼtkazildi. Huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan dasturlar doirasida tashkil etilgan ushbu marafonda viloyatimiz vakillari ham faol ishtirok etdilar. Marafon qatnashchilariga nur qaytargichli jiletlar va xavfsiz hayotga chaqiruvchi bukletlar tarqatildi. Jaloliddin Manguberdi majmuasida oʼtkazilgan taqdirlash marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Joʼrabek Raximov marafonda faol qatnashgan bir guruh ishtirokchilarga qimmatbaho sovgʼalarni topshirdi.Bu marafonda Urganch Аbu Аli ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikum ukuvchilari va ukituvchilari faol ishtirok kilishdi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz