Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / O'zbekiston yangiliklari » "Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi

"Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi

Вчера, 09:35
1
Internet va ijtimoiy tarmoqlar fuqarolarning axborotga boʻlgan ehtiyojini tezkor qondirish, jamiyatdagi dolzarb muammolarni muhokama qilishda muhim vositaga aylangan. 
2017/2025-yillarda Internet foydalanuvchilari soni 14,7 mln.dan 32,7 mln.ga oshgan.  Eng ommabop platformalar orasida – 

📩“Telegram”da 28 mln., 
🧡“Odnoklassniki”da 19,2 mln.,
🌐 “Fachebook”da 2,3 mln.,
💙“VKontakte”da 1,5 mln.,
🌐“LinkedIn”da 850 ming,
🌐 “Twitter”da 250 ming nafar Oʻzbekistonlik foydalanuvchi mavjud.

Bugungi kunda onlayn platformalar foydalanuvchilari qanday huquqlarga egaligi borasida qonunchilikda aniq normalar mavjud emas, axborot tarqatishga oid talablar esa milliy qonunchilikda tizimli va yetarli darajada tartibga solinmagan, tarqoq holda belgilangan. 

Internet foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish borasida rivojlangan davlatlar ijobiy amaliyoti oʻrganildi. Yevropa Ittifoqi “Raqamli xizmatlar toʻgʻrisida”gi qonuni orqali onlayn platformalar uchun yuqori standartlarni joriy etdi. Germaniyada 2 mln.dan ortiq foydalanuvchiga ega platformalarga noqonuniy kontentni 24 soat ichida oʻchirish majburiyati yuklangan. Fransiya internetda nafrat, terrorizm va bolalar pornografiyasiga qarshi qatʼiy choralar koʻrishni, Turkiya xorijiy IT-kompaniyalarga mahalliy vakil tayinlashni talab etgan. Qozogʻiston blogerlar va platformalar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan huquqiy asosni shakllantirdi.

🖌Internet foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish zaruratidan kelib chiqib, turli davlat va jamoat tashkilotlari, media sohasi ekspertlari ishtirokida “Onlayn-platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. 

📑Unda onlayn-platformalar sohasidagi amaldagi qonunchilik sezilarli liberallashtirilib, tartibga solishdagi mavjud boʻshliqlarni bartaraf etishga qaratilgan normalar nazarda tutilmoqda. 

📌Qonun loyihasining asosiy maqsadlari va prinsiplari:

📎 qonuniylik – onlayn muhitdagi barcha faoliyat qonun doirasida amalga oshiriladi;
📎 foydalanuvchilar huquqlarining ustuvorligi – foydalanuvchilarning maʼlumot olish, fikr bildirish va xavfsiz internetdan foydalanish huquqlari taʼminlanadi;
📎 senzuraga yoʻl qoʻyilmasligi – qonun bilan taqiqlanmagan kontentga nisbatan erkinlik kafolatlanadi;
📎 shaffoflik va xavfsizlik – noqonuniy kontentning tarqalishiga qarshi kurashiladi va shaxsiy maʼlumotlarning xavfsizligi taʼminlanadi.

⚠️Ushbu qonun loyihasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan ommaviy axborot vositalarining Internet jahon axborot tarmogʻidagi veb-saytlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Ularning faoliyati  “Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida”gi qonun bilan tartibga solingan.

🔽Qonun loyihasi bilan vakolatli organ bilan tizimli ravishda hamkorlik qilmay kelayotgan onlayn-platformalarga Oʻzbekiston hududida kirish tezligini sud qarori asosida pasaytirish nazarda tutilmoqda. Butunlay bloklash amaliyotidan voz kechilmoqda.

💬Qonun loyihasi bugundan eʼtiboran jamoatchilik muhokamasi uchun ochiq! Ushbu havola orqali qonun loyihasi bilan tanishing va taklif-mulohazalaringizni bildiring:

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz