Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida kiberjinoyatchilik hamda narkojinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida kiberjinoyatchilik hamda narkojinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

25-03-2026, 10:56
67
Mazkur tadbirda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi  R. G‘affarov ishtirok etib, kiberjinoyatlarning bugungi kundagi dolzarbligi, ularning jamiyat va fuqarolar uchun keltirib chiqaradigan salbiy oqibatlari haqida atroflicha ma’lumot berdi.                                  Shuningdek, u moliyaviy zarar yetkazuvchi turli firibgarlik holatlaridan ehtiyot bo‘lish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda internet tarmog‘ida xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish zarurligini alohida ta’kidladi.   
Tadbir davomida berilgan ma’lumotlarni keng jamoatchilikka, xususan, yaqinlarga yetkazish muhim ekani qayd etildi. Bu orqali kiberjinoyatchilikning oldini olish va aholining huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga kiberjinoyatchilikka oid videoroliklar namoyish etilib, mavzu yuzasidan tushunchalar yanada mustahkamlandi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz