Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » 2026-yil 9-aprel kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida pedagog xodimlar va o‘quvchilar ishtirokida kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan navbatdagi profilaktik tadbir tashkil etildi.

2026-yil 9-aprel kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida pedagog xodimlar va o‘quvchilar ishtirokida kiberjinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan navbatdagi profilaktik tadbir tashkil etildi.

9-04-2026, 09:43
3
Mazkur tadbir  o‘quvchi yoshlarning axborot xavfsizligi borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni zamonaviy kiberxavf-xatarlardan ogoh etish hamda turli jinoyatlarning oldini olishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.
Tadbirda Xorazm viloyati Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi katta inspektori, katta leytenant A. Ramanov hamda leytenant I. Tatibayevlar ishtirok etib, kiberjinoyatchilikning asosiy turlari, xususan internet firibgarligi, bank kartalari bilan bog‘liq jinoyatlar hamda zararli dasturlar orqali ma’lumot o‘g‘irlash holatlari yuzasidan batafsil tushuntirish berdilar.
Mutaxassislar o‘z chiqishlarida shaxsiy ma’lumotlarni ishonchli himoya qilish, shubhali havola va xabarlarga ishonmaslik, bank kartasi ma’lumotlarini oshkor etmaslik, murakkab parollardan foydalanish hamda ikki bosqichli autentifikatsiyani yo‘lga qo‘yish zarurligini alohida ta’kidladilar.
Mazkur profilaktik tadbir yoshlar o‘rtasida axborot xavfsizligi madaniyatini shakllantirish, ularni turli kiberjinoyatlardan himoya qilish hamda ogohlikni oshirishda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz