Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Sun’iy intellektning zulmatli tomoni” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Sun’iy intellektning zulmatli tomoni” mavzusida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.

29-04-2026, 17:30
27
Mazkur mashg‘ulot yosh avlodning iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ularni moliyaviy huquqbuzarliklar hamda yashirin iqtisodiyotga qarshi murosasiz ruhda tarbiyalash, shuningdek, halollik tamoyillariga sodiqlik va sog‘lom dunyoqarashni shakllantirishga qaratildi.
Mashg‘ulot davomida sun’iy intellekt texnologiyalarining ijobiy jihatlari bilan bir qatorda, uning noto‘g‘ri qo‘llanilishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar, xususan, firibgarlik, ma’lumotlardan noqonuniy foydalanish va iqtisodiy jinoyatlar bilan bog‘liq masalalar keng yoritildi.
Tadbir interaktiv tarzda olib borilib, o‘quvchilarning mavzu yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi hamda ularda tanqidiy fikrlash va mas’uliyat hissini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz