Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

27-03-2026, 10:59
50
2026-yil 25-mart kuni Urganch  Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbir yoshlar ongida yot g‘oyalarga qarshi mustahkam mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularni 
ilm-fan va ma’rifatga yo‘naltirishga qaratildi.
Tadbirda diniy ishlar bo‘yicha qo‘mitaning targ‘ibot guruhi rahbari   Z. Masharipova hamda targ‘ibot guruhi a’zosi           Z. Allaberganova ishtirok etib, bugungi globallashuv jarayonida yoshlarning hushyorligi, axborotlarni tanlab qabul qilishi va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurligi haqida so‘z yuritdilar.
Shuningdek, ma’ruzachilar tomonidan din niqobi ostida tarqalayotgan zararli oqimlar, ularning salbiy oqibatlari hamda ulardan himoyalanish yo‘llari haqida tushuntirishlar berildi. Yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv qizg‘in savol-javoblarga boy tarzda o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. 
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz