Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Ochiq to'garak mashg'uloti

Ochiq to'garak mashg'uloti

17-12-2025, 14:26
17
Bugun Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi Z. Yuldasheva tomonidan ochiq to‘garak mashg‘uloti o‘tkazildi.
Mazkur mashg‘ulot “Voleybol o‘yini texnikasi” mavzusiga bag‘ishlanib, unda o‘quvchilarga voleybol o‘yinining asosiy elementlari — to‘pni qabul qilish va uzatish, hujum zarbasi, to‘siq qo‘yish hamda maydonda to‘g‘ri joylashish qoidalari amaliy mashqlar orqali o‘rgatildi.

Ochiq to‘garak mashg‘uloti qiziqarli va mazmunli tarzda tashkil etildi. O‘quvchilar faol ishtirok etib, jamoaviy o‘yin ko‘nikmalari, chaqqonlik va jismoniy tayyorgarlikni oshirishga qaratilgan mashqlarni bajarishdi.

Mazkur mashg‘ulot yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz