Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » "A, B, C, D avitaminozlari, bemorlarning shikoyatlari, klinikasi , davolash va oldini olish choralari" mavzusida amaliy mashg‘ulot

"A, B, C, D avitaminozlari, bemorlarning shikoyatlari, klinikasi , davolash va oldini olish choralari" mavzusida amaliy mashg‘ulot

9-12-2025, 11:53
19
6- dekabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi  “Davolash ishi” yo‘nalishi 2-kurs 3-guruh talabalari bilan o‘qituvchi N. Babajanova tomonidan A, B, C, D avitaminozlari bo‘yicha o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
Mashg‘ulot davomida talabalarga:

🔹 vitamin yetishmovchiligida uchraydigan bemor shikoyatlari,
🔹 kasalliklarning klinik ko‘rinishlari,
🔹 zamonaviy davolash usullari,
🔹 sog‘lom ovqatlanish va gigiyenaga oid profilaktika choralari batafsil tushuntirildi.

O‘qituvchi tomonidan klinik misollar, qo‘llanma materiallar va amaliy topshiriqlar asosida talabalarning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.

Ushbu mashg‘ulot talabalarda avitaminozlarni aniqlash, baholash va to‘g‘ri davolash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni yanada boyitishga xizmat qildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz