Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » “Biz zo'ravonlikka qarshimiz!” mavzusida tadbir o‘tkazildi

“Biz zo'ravonlikka qarshimiz!” mavzusida tadbir o‘tkazildi

25-11-2025, 14:30
29
Urganch  Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida   25-noyabr xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan “Biz zo'ravonlikka qarshimiz!” mavzusida tadbir o‘tkazildiTadbirda talabalarga zo‘ravonlik turlari, ayollarimiz orasida ruhiy zo‘ravonlikka — xotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, ularning sha’nini, qadr-qimmatini kamsitish, shuningdek, ularning xohish-irodasini cheklashga qaratilgan boshqa harakatlarda ifodalanadigan zo‘ravonlik shakli, shu jumladan reproduktiv sohada nazorat qilish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchida o‘z xavfsizligi uchun xavotir uyg‘otgan, o‘zini himoya qila olmaslikka olib kelgan yoki ruhiy sog‘lig‘iga zarar yetkazgan harakatlarning oramizda uchrab turishi haqida gapirib, bunday xolatlarni oldini olish uchun kerakli tavsiyalar berildi, zo‘ravonlikning oqibatlari, uning oldini olish choralari hamda jabrlanganlarga ko‘mak berishning zamonaviy usullari muhokama qilindi. 
✅Shuningdek, zo‘ravonlikka uchragan ayollar va bolalarning huquqiy himoyasi, tezkor murojaat kanallari va davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
✅Maqsad: tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini erta aniqlash, ayollar va qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda xavfsiz muhitni shakllantirish.
🔥 Zo‘ravonlikka befarq bo‘lmaslik — har birimizning fuqarolik burchimizdir.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz