Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Texnikum “Talabalar turar joyi”da favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi

Texnikum “Talabalar turar joyi”da favqulodda vaziyatlarda harakat qilish bo‘yicha profilaktik tadbir o‘tkazildi

16-10-2025, 09:18
97
2025-yil 15-oktabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi “Talabalar turar joyi”da  “Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish va xavfsizlik qoidalariga rioya etish” mavzusida profilaktik tadbir tashkil etildi. Tadbirni texnikum Favqulodda holatlar tibbiyoti fani o‘qituvchisi M.Ya.Bekmuratov  favqulodda holatlarning oldini olish, tabiiy va texnogen ofatlar, yong‘in, zilzila hamda boshqa xavfli vaziyatlarda harakat qilish , o‘quvchilarni evakuatsiya tartibi, yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, himoya vositalaridan foydalanish hamda aholini xabardor qilish tizimi haqida batafsil ma’lumotlar berdi.
Tadbir davomida talabalarga favqulodda vaziyatlarda osoyishtalikni saqlash, bir-biriga yordam berish va tezkor choralar ko‘rish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Shuningdek, xavfsizlik madaniyatini oshirish, joylarda profilaktik ishlarni kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz