Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida rasmiy tashrif

Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida rasmiy tashrif

24-05-2025, 10:00
31
2025-yil 23-may kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i  F. Masharipov, kasbiy ta'lim integratsiyasi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi A.Ochilboyev hamda Xorazm viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Z. Ya. So‘dullayevlar tashrif buyurishdi.
Tashrifdan asosiy maqsad — texnikumda tashkil etilgan nemis tili o‘quv kurslarining mazmuni, o‘quv jarayonining sifati va mavjud shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi. Ishchi guruh a’zolari tomonidan kurslarning amaldagi o‘quv rejalari va dasturlari, mashg‘ulotlar shakli hamda ularning sifati atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, mehmonlar texnikumning umumiy faoliyati, o‘quv jarayoni va moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif doirasida talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, xorijda tahsil olish va ishlash istagida bo‘lgan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyoz va qulayliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Mazkur tashrif texnikumda amalga oshirilayotgan xalqaro ta’lim dasturlarini yanada mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish hamda yuksak natijalarga erishish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz