Ahamiyatga molik uchrashuvlar
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi delegatsiyasi tarkibida bo‘lib, hafta davomida Xitoy xalq Respublikasining Chongchin va Anxu provinsiyasining Xefey shahri yetakchi tibbiyot ta’lim muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishdim. Tashrif davomida Chongchin tibbiyot kolleji, Anxu tibbiyot universiteti, Anxu tibbiyot kollejida zamonaviy farmatsevtika laboratoriyalari va tibbiy klinikalardagi o‘quv amaliyot jarayonlari bilan tanishdim. “Jingkeming Education texnologiy (Chongking )” kompaniyasi o‘rtasida imzolangan anglashuv memorandumiga asosan O‘zbekiston Xitoy kasbiy ta’lim sohasida o‘zaro tajriba almashish, Xitoy xalq respublikasidagi tibbiyot kollejlari hamda yirik ish beruvchi kompaniyalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildik. Xitoy xalq Respublikasi hamda O‘zbekiston Respublikasining kasbiy ta’lim tashkilotlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish yuzasidan Xitoy xalq Respublikasi Anxu provinsiyasining “Anhui Medical College of China” bilan anglashuv memorandumini imzoladim. Ushbu imzolash marosimi 2025 yilning 18 aprel kuni bo‘lib o‘tdi. Xitoy xalq Respublikasiga tashrif davomida yirik ish beruvchi kompaniyalardan “Zubio” farmatsevtika korxonasi bilan , shuningdek, Chongchin stomatologiya va hamshiralik kollejlari hamda Anxu tibbiyot universiteti o‘quv laboratoriyalari, universitet qoshidagi klinik bazasi va kutubxonasi bilan yaqindan tanishdim. Xitoy xalq Respublikasidagi barcha uchrashuvlarimiz juda boy taassurotlar bilan yakunlandi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Oʻzbekiston - Xitoy xalqaro hamkorlik19-04-2025, 11:47
Xitoy xalq Respublikasi bilan xalqaro hamkorlik19-04-2025, 15:14
IKKI DAVLAT MUNOSABATLARINING SAMARASI19-04-2025, 11:50
"Sog'liqni saqlashni boshqarish va jamoat sog'lig'ini saqlash" mutaxassisligi bo'yicha diplomdan keyingi ta'lim yo'nalishida qo'shma o'quv dasturlari...4-12-2024, 14:44