Ishonch telefoni
Bosh sahifa » O'zbekiston yangiliklari / Texnikum yangiliklari » O‘zbekiston Respublikasi Bosh  vazirining  o‘rinbosari Oila  va  xotin-qizlar  qo‘mitasi  raisi Zulayho Bahriddinovna Mahkamova Urganch Abu Ali ibn sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh  vazirining  o‘rinbosari Oila  va  xotin-qizlar  qo‘mitasi  raisi Zulayho Bahriddinovna Mahkamova Urganch Abu Ali ibn sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari bilan uchrashdi

23-04-2025, 17:37
9
O‘zbekiston Respublikasi Bosh  vazirining  o‘rinbosari  Oila  va  xotin-qizlar  qo‘mitasi  raisi Zulayho Bahriddinovna Mahkamova bugun 23-aprel kuni, Xorazm viloyatiga xizmat safari doirasida  Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurdi.Tashrif davomida  Z. B. Mahkamovaga Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N.M.Kutlimuratova,  Xorazm viloyati Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i  Z.Ya.So’dullayev,  TTA Urganch filiali direktori R.Y. Ruzibayevlar  hamrohlik qilishdi. Mehmonlar ta’lim muassasasida o‘quvchi yoshlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi, xususan,  yoshlarning chet tillarini o‘rganish va kasb egallashga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ichki va tashqi mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, xorijiy davlatlarda ishlash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida  Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida tashkil etilgan “Nemis tili o‘quv kursi” da  bo‘lib, u yerdagi talabalar bilan muloqot qilishdi. 
O‘quvchilar nemis tili hamda hamshiralik ishi bo‘yicha koʻnikma va bilimlarni egallab, Germaniyaning nufuzli kasalxonalarida ishlash imkoniyatlari borligi  haqida to‘lqinlanib gapirishdi.
 Texnikum direktori M.M.Axmedova mehmonlarga ta’lim muassasasida olib borilayotgan xorijiy davlatlar bilan  hamkorlik aloqalari va hamkorlikning kelgusidagi rejalari haqida maʼlumotlar berdi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz