Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i U.Alijonov Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i U.Alijonov Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurdi

29-04-2025, 17:20
15
2025- yilning 29-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-oktyabrdagi PF-158-son Farmoni ijrosi yuzasidan  Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan ishlarni oʻrganish boʻyicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i U.Alijonov Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida U.Alijonov texnikumda amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan shaoitlar bilan yaqindan tanishdi, o‘quv amaliyoti dars mashg‘ulotlarida qatnashib o‘quvchilarning  mavzuga doir amaliy ko‘nikmalarni  tibbiy model va mulyajlardan foydalanib bajarishlarini kuzatdi. Shundan so‘ng  ta’lim muassasasining  trening markazi faoliyati, o‘quv laboratoriyalari, kompyuter xonalari, axborot resurs markazi kutubxonasi, ”Nemis tili” o‘quv kursi faoliyati, “Besh tashabbus” to‘garaklari faoliyati  bilan yaqindan tanishib  u yerdagi o‘quvchilar  bilan muloqot qildi.Texnikum foyesida tashkil  qilingan “Fitobar” haqida iliq fikrlar bildirdi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i U.Alijonov texnikum jamoasi bilan uchrashib, bugungi kunda taʼlim va tarbiyaga qaratilayotgan eʼtibor, ilmiy izlanishlar borasida dunyo tajribasi va xalqaro maydondagi raqobat, zamon talabiga mos  kadrlar tayyorlash masalasining dolzarbligi, ayniqsa, barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirish boʻyicha fikr-mulohazalarini bildirdi,  zarur taklif va tavsiyalarini berdi. 

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz