VAZIR TASHRIFI
Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurdi. Vazirga Kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i U.Alijonov, Xorazm viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Z.Ya.So’dullayev va boshqa mutasaddillar hamrohlik qilishdi. Tashrif doirasida vazir texnikumda amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, o‘quv amaliyoti dars mashg‘ulotlarida qatnashib o‘quvchilarning mavzuga doir amaliy ko‘nikmalarni tibbiy model va mulyajlardan foydalanib bajarishlarini kuzatdi. Shundan so‘ng, ta’lim muassasasining trening markazi faoliyati, o‘quv laboratoriyalari bilan tanishdi. Yoshlarning chet tillarini o‘rganish va kasb egallashlariga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, ularni ichki va tashqi mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar sifatida tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, xorijiy davlatlarda ishlash imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida texnikumda tashkil qilingan ”Nemis tili” o‘quv kursi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bugungi kunda taʼlim va tarbiyaga qaratilayotgan eʼtibor, ilmiy izlanishlar borasida dunyo tajribasi va xalqaro maydondagi raqobat, zamon talabiga mos kadrlar tayyorlash masalasining dolzarbligi, ayniqsa, barkamol shaxs maʼnaviyatini shakllantirish boʻyicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi, zarur taklif va tavsiyalarini berdi. Texnikum direktori M.M.Axmedova mehmonlarga ta’lim muassasasida olib borilayotgan xorijiy davlatlar bilan hamkorlik aloqalari va hamkorlikning kelgusidagi rejalari haqida maʼlumotlar berdi.




Watch video on You Tube
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Kasbiy ta’lim tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i U.Alijonov Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurdi29-04-2025, 17:20
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Bahriddinovna Mahkamova Urganch Abu Ali ibn sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari bilan uchrashdi23-04-2025, 17:37
Vazir Toshkent davlat tibbiyot universitetida xorijlik talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandi7-05-2025, 09:00
Oʻzbekiston - Xitoy xalqaro hamkorlik19-04-2025, 11:47
Ahamiyatga molik uchrashuvlar23-04-2025, 15:25











