Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / O'zbekiston yangiliklari » Oʻzbekiston vazirlari Budapeshtda talabalar bilan uchrashdi

Oʻzbekiston vazirlari Budapeshtda talabalar bilan uchrashdi

21-05-2025, 12:30
17
Oʻzbekiston vazirlari Budapeshtda talabalar bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov hamda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Vengriyaga amalga oshirgan ishchi safari doirasida Budapesht shahrida tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar bilan uchrashdi.

Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida oʻtdi. Talabalarga Oʻzbekistonda oliy taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqaro hamkorlik dasturlari, xorijda tahsil olayotgan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, qaytib kelib mehnat faoliyatini boshlashdagi koʻmak mexanizmlari haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/55219
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz