Shavkat Mirziyoyev Xorazmda

Toshkent-Xiva “Jaloliddin Manguberdi” tezyurar poezdi qatnovi yoʼlga qoʼyiladi.
Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoev xorazmlik saylovchilar bilan uchrashuv chogʼida keyingi yetti yilda yoʼl, elektr va suv infratuzilmasiga yirik miqdorda pul sarflanishini taʼkidladi. “2025 yildan Toshkent-Xiva “Jaloliddin Manguberdi” tezyurar poezdi qatnovi yoʼlga qoʼyiladi. Buning uchun, Buxoro – Urganch – Xiva temiryoʼli 365 million dollar investitsiya hisobiga elektrlashtiriladi. Kelgusi yetti yilda Xorazmda turizm uchun, yoʼl, elektr va suv infratuzilmasiga 200 million dollar sarflanadi”, – dedi nomzod.
Xorazmda avto va elektromobillar ishlab chiqarish uchun 30 ta korxonadan iborat mashinasozlik klasteri tashkil etiladi.
Аyni vaqtda Oʼzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oʼzbekiston prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev Xorazmlik saylovchilar bilan uchrashuv oʼtkazmoqda. Nomzod Pitnakdagi avtomobil zavodi quvvatlari kelgusi yilning oʼzida hozirgi 90 ming donadan, 150 mingga yetkazilishini aytdi. “Shu yerning oʼzida yangi avto va elektromobillar ishlab chiqarish uchun 30 ta korxonadan iborat mashinasozlik klasteri tashkil etiladi va import boʼlayotgan 100 xil turdagi butlovchi qismlar mahalliylashtiriladi. Ushbu klasterlarda 2030-yilga kelib, yiliga 2 milliard dollarlik mahsulot ishlab chiqariladi”, – dedi Shavkat Mirziyoev.
“Bogʼchalarda kompyuter sinflarini tashkil qilish, boshlangʼich sinf oʼquvchilariga planshet tarqatishni Xorazmdan boshlaymiz” – Shavkat Mirziyoev.
Аyni vaqtda Oʼzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oʼzbekiston prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoev xorazmlik saylovchilar bilan uchrashuv oʼtkazmoqda. Nomzod Xorazmning “tashrif qogʼozi” IT boʼlishini aytdi. “Аvvalo, “maktab – oliygoh – IT kompaniyasi”dan iborat yaxlit IT taʼlim va xizmatlar zanjiri yaratiladi. Buning uchun, viloyatda yetti yilga moʼljallangan, raqamlashtirish sohasida “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” deb nomlangan loyihaga start beriladi”, — dedi Shavkat Mirziyoev. Nomzod oʼz soʼzida davom etar ekan, bogʼchalarda kompyuter sinflarini tashkil qilish, boshlangʼich sinf oʼquvchilariga planshet tarqatish Xorazmdan boshlanishini aytdi. “Birinchi bosqichda viloyatdagi 543 ta maktabdan 110 tasi tanlab olinib, boshlangʼich sinf oʼquvchilariga “noutbuk” olib beriladi. Yuqori sinflarda dasturlash, veb-dizayn kabi sohalar kasb sifatida oʼqitiladi”, — deya taʼkidlab oʼtdi nomzod.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.