Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Ibn Sino izdoshlari

Ibn Sino izdoshlari

14-03-2023, 12:22
233
 

 2023-yil 14-mart kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida "Ibn Sino izdoshlari" respublika tanlovining 2-bosqich bellashuvi bo'lib o'tdi. Ushbu bellashuvda Xiva tibbiyot kollejidan 1-bosqichda g'olib bo'lgan Isaqova Shahodat hamda Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumidan 1-bosqich g'olibasi 3-kurs 2-guruh "Hamshiralik ishi" yo'nalishi o'quvchisi Matniyazova Nilufar beshta shart bo'yicha o'zaro bellashdilar. Bellashuv juda qizg'in tarzda bo'lib o'tdi.

  "IBN SINO IZDOSHLARI" ko'rik-tanlovida Isaqova Shahodat Xiva tibbiyot kolleji o'quvchisi 127 ball bilan 2-o'rinni va Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumidan Matniyazova Nilufar 135 ball to'plab 1-o'rinni va respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.






Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz