Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / O'zbekiston yangiliklari » Urganchda “Konstitutsiya o'zimizniki” targ'ibot tadbiri

Urganchda “Konstitutsiya o'zimizniki” targ'ibot tadbiri

26-03-2023, 20:53
107

Bugun Xorazm viloyati Urganch shahrining Jaloladdin manguberdi maydonida "Konstitutsiya o'zimizniki" targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi. 2 ming nafardan ortiq yoshlar ishtirokida o‘tgan bu tadbirda mamlakatning taniqli shaxslari Xorazm ahlini konstitutsiya islohotlarida faol bo‘lishga chaqirdi.

Xorazm viloyati Urganch shahrida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki” shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Tadbirda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, xonanda Jahongir Poziljonov hamda 2 mingdan ortiq faol yoshlar ishtirok etdi.

Bayram konsert dasturi formatida o‘tkazilgan tadbirda san’atkorlar, xorazmlik taniqli shaxslar chiqish qilib, viloyat aholisini shu yilning 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol bo‘lishga va ishtirok etishga chaqirishdi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari respublikaning barcha hududlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Urganch Abu Ali ibn Sino Jamoat salomatligi texnikumi qatnashchilari
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz