HAMKORLIK SHARTNOMASI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
URGANCH FILIALI VA
URGANCH ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMI BILAN
- Umumiy qoidalar
1.1 Mazkur shartnoma O‘zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risidagi» qonuni, kadrlar tayyorlash milliy dasturini hayotga izchillik bilan tatbiq etish, kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish, milliy dasturning 3.3-bandiga ko‘ra, ta’lim turlari o‘rtasidagi o‘zaro integrasiya jarayonini kuchaytirish hamda ular o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori R.Y.Ruzibayev bir tomondan, ikkinchi tomondan Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi direktori N.A.Abdullayev tomonidan tuzildi.
1.2. Ushbu shartnoma texnikumning mehnat jamoalari orasida muxokama qilinib, har ikkala ta’lim muassasasi rahbarlari tomonidan imzolanib, muxr bosilgan kundan kuchga kiradi va hamkorlik faoliyatidagi yuridik hujjat hisoblanadi. Shartnomaning ayrim bandlariga tomonlarning kelishuvi asosida o‘zgartirishlar, qo‘shimchalar kiritish mumkin. Shartnomaning amal qilish muddati imzolangan kundan boshlab 2 (ikki) yildir.
1.3. Shartnoma bandlarining bajarilish holati bir o‘quv yilida kamida ikki marotaba TTA Urganch filiali ilmiy-uslubiy kengashida va Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumining ilmiy-pedagogik kengashida ko‘rib boriladi.
1.4. Shartnoma bandlarining to‘liq va samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida, har o‘quv yili uchun reja qabul qilinadi va tasdiqlanadi.
- Hamkorlik shartnomasi bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari
O‘quv, o‘quv-uslubiy ishlar bo‘yicha:
2.1. TTA Urganch filiali kafedralari professor-o‘qituvchilarining majburiyatlari
2.1.1. Ta’limda uzliksizlik va o‘quv fanlar orasida uzviylikni hisobga olgan holda Davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va fan dasturlarini texnikum bilan hamkorlikda takomillashtirib borish;
2.1.2. Talabalarning davlat malakaviy ishlariga rahbarlik qilish uchun kafedra a’zolaridan professor o‘qituvchilar tayinlash;
2.1.3. Professional ta’lim tizimida ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berish;
2.1.4. Texnikum talabalarining zamon talabi darajasidagi mutaxassis bo‘lib yetishishlarida ijtimoiy-gumanitar ta’lim yo‘nalishidagi ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv, ilmiy-uslubiy materiallarni tayyorlashda amaliy yordam berib borish;
2.1.5. Ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llashda hamkorlik qilish;
2.1.6. Texnikum talabalari uchun ta’lim muassasalari mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘quv adabiyotlar (qo‘llanmalar, darsliklar) yaratish;
2.1.7. O‘quv, ilmiy-uslubiy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi seminarlar o‘tkazish;
2.1.8. Texnikumda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchi-pedagog va mutaxassislarning malakalarini oshirishda hamkorlik qilish.
2.1.9. TTA Urganch filiali bazasidan professional ta’lim muassasasining foydalanishiga sharoit va imkoniyatlar yaratish: darslarni o‘quv laboratoriyalari, simulyatsion o‘quv xonalari, ARM, klinik bazalardagi o ‘quv amaliyot xonalarida dars o ‘tish imkoniyatlarini yaratish.
2.2. Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi majburiyatlari:
2.2.1. Ta’lim standartlari asosida yaratilgan o‘quv dasturlari va rejalarini takomillashtirishga qaratilgan hamkorlik takliflrini berish;
2.2.2. Hamkorlikda faoliyat ko‘rsatayotgan kafedra professor-o‘qituvchilariga zarur shart-sharoitlar yaratish;
2.2.3. Texnikum tasarrufidagi auditoriyalarda mashg‘ulot o‘tkazish, kutubxona, o‘quv zallari va laboratoriyalaridan foydalanishlariga sharoitlar yaratib berish;
2.2.4. Texnikumdagi iqtidorli talabalar bilan kafedra professor-o‘qituvchilarining qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borishlariga shart-sharoitlar yaratib berish;
2.2.5. Texnikumdagi hamkorlik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan kafedraning professor-o‘qituvchilarini imkoniyat darajasida shtatlar jadvali asosida darslar bilan ta’minlash;
2.2.6. Darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratayotgan mualliflarni zaruriy ta’lim standartlari, fan dasturlari va adabiyotlar bilan ta’minlash;
Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha
2.3. TTA Urganch filiali kafedralari professor-o‘qituvchilarining majburiyatlari:
2.3.1. Kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va ish tajribasi bo‘yicha axborotlar almashish;
2.3.2. Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha texnikum o‘qituvchi-pedagoglari bilan hamkorlik qilish, ularga ilmiy-uslubiy yo‘nalishlar berish;
2.3.3. O‘zaro manfaatli mavzular bo‘yicha ma’ruzalar o‘qish, birgalikda ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy konferensiya va seminarlar o‘tkazish;
2.3.4. Ilmiy-tadqiqot ishlariga texnikum mutaxassislarini jalb etish, ularni magistratura, doktoranturada o‘qishlariga yo‘nalishlar berish hamda ilmiy rahbar va maslahatchilar tanlashda yordam berish;
2.3.5. Hamkorlikda bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilish;
2.3.6. Texnikumda ta’lim olayotgan iqtidorli talabalarning ilmiy to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga yordam berish;
2.3.7. TTA Urganch filiali kutubxonalarida mavjud bo‘lgan an’anaviy va elektron o‘quv adabiyotlaridan hamkor texnikumida foydalanishi uchun shat-sharoitlar yaratib berish;
2.3. Tayanch va unga biriktirilgan texnikumdagi mavjud keltirilgan zamonaviy asbob-uskunalardan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarini o‘tkazishda foydalanish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar bilan ta’minlashga amaliy yordam ko‘rsatish.
2.4. UrganchAbu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘qituvchi-pedagoglarining majburiyatlari:
2.4.1. Texnikum o‘qituvchi-pedagoglarini ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish;
2.4.2. Samarali ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun shart-sharoitlar yaratish;
2.4.3. Ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy konferensiyalar o‘tkazish uchun zarur sharoit yaratish;
2.4.4. Hamkorlikdagi ilmiy to‘plamlar va ilmiy-nazariy, ilmiy-uslubiy konferensiya va seminarlar materiallarini nashr ettirish.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha
2.5. TTA Urganch filialining majburiyatlari:
2.5.1. Texnikum jamoasi orasida umumbashariy va milliy qadriyatlarni e’zozlashga qaratilgan tadbirlarni o‘tkazishda hamkorlik qilish;
2.5.2. Milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini, istiqlol yillaridagi mamlakatimiz ichki hamda tashqi siyosatining mohiyatini texnikumda keng targ‘ib qilish;
2.5.3. Sog‘lom turmush tarzini shakllanishiga xizmat qiluvchi, insoniy fazilatlarni qadrlashga qaratilgan tadbirlar o‘tkzish;
2.5.4. Texnikum o‘quv binolari va talabalar uylarini milliy qadriyatlar ruhi asosida jixozlanishida amaliy va uslubiy maslahatlar berish;
2.5.5. Yil mazmunini o‘zida mujassamlashtirgan hukumat dasturlari va qarorlarini talabalar orasida hamda talabalar uylarida targ‘ib qilishda ishtirok etish;
2.5.6. Texnikumdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlar rejasini birgalikda ishlab chiqish.
2.6. UrganchAbu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi o‘qituvchi-pedagoglarining majburiyatlari:
2.6.1. Texnikumda o‘tkaziladigan barcha ma’naviy-ma’rifiy ishlarda kafedra jamoasi bilan hamkorlik qilish;
2.6.2. Umumbashariy va milliy qadriyatlarni e’zozlashga qaratilgan tadbirlar rejalarini hamkorlikda ishlab chiqish va amalga oshirish;
2.6.3. O‘quv muassasasida mazmunan samarali bo‘lgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazishga zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratish;
2.6.4. Milliy qadriyatlarni e’zozlovchi, o‘zlikni anglashga xizmat qiluvchi ko‘rik tanlovlar o‘tkazish;
2.6.5. Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarida faol ishtirok etganlarni moddiy va ma’naviy jixatdan rag‘batlantirish.
Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali va Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi bilan hamkorlikda 2024-2025 o‘quv yilida amalga oshiriladigan
CHORA-TADBIRLAR REJASI
№ | Amalga oshiriladigan ishlar | Muddati | Mas’ullar. |
1 | TTA Urganch filiali bilan Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumining 2024-2025 o‘quv yili uchun ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash | 2024-yil 30-avgust | TTA Urganch filiali direktori R.Y.Ruzibayev, Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori _______________ |
2 | TTA Urganch filiali kafedra rahbarlari bilan Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida tashkil etilgan kafedra filiallarining 2024-2025 o‘quv yili uchun ish rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash | 2024-yil 30-avgust | TTA Urganch filiali va Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi kafedra mudirlari |
I. O‘quv-uslubiy ishlar | |||
3 | Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ishchi dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlashga amaliy yordam ko‘rsatish | 2024-yil avgust-sentabr | TTA Urganch filiali va Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi kafedra mudirlari, fan o‘qituvchilari |
4 | Texnikumning o‘quv rejalari va dasturlariga muvoviq fanlar bo‘yicha (o‘zbek va rus tillarida) o‘quv materiallari to‘plamlarini ishlab chiqishda uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish | 2024-yil avgust-sentabr | TTA Urganch filiali va Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi tegishli fan o‘qituvchilari |
5 | Texnikumda o‘quv jarayoni faoliyatini tashkil etish, takomillashtirish va rivojlantirishga ilmiy-uslubiy, tashkiliy va amaliy yordam ko‘rsatish | 2024-2025 o‘quv yili davomida | TTA Urganch filiali o‘quv bo‘limi va mas’ul kafedra rahbarlari |
6 | Texnikumlarning o‘quv rejalari va dasturlariga muvofiq fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanishiga amaliy yordam ko‘rsatish | 2024-2025 o‘quv yili davomida | TTA Urganch filiali o‘quv bo‘limi va mas’ul kafedra rahbarlari |
7 | TTA Urganch filiali kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan texnikumning o‘quvchilariga ko‘rgazmali ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib borish | 2024-2025 o‘quv yili jadvali asosida | TTA Urganch filiali mas’ul xodimi va texnikumning o‘quv va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari |
8 | Hamkorlikda uslubiy qo‘llanmalar , ilmiy maqolalar , uslubiy tavsiyanomalar yaratish va chop etish | 2024-2025 o‘quv yili davomida | TTA Urganch filiali professor –o‘qituvchilari va texnikum pedagog xodimlari |
9 | Ochiq darslarni tashkil qilishda amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish | 2024-2025 o‘quv yili jadvali asosida | TTA Urganch filiali professor –o‘qituvchilari va texnikum pedagog xodimlari, uslubchilar |
10 | TTA Urganch filiali axborot resurs markazi kutubxonasi fondidan foydalanish uchun yetarlicha sharoitlar yaratish, adabiyotlarning elektron variantlari va elektron qo‘llanmalar bilan ta’minlashga ko‘maklashish | 2024-2025 o‘quv yili davomida | TTA Urganch filiali va texnikum ARM kutubxonasi rahbarlari va xodimlari |
II.Tashkiliy-uslubiy ishlar | |||
11 | TTA Urganch filiali bazasidan professional ta’lim muassasasining foydalanishiga sharoit va imkoniyatlar yaratish: darslarni o‘quv laboratoriyalari, simulyatsion o‘quv xonalari, klinik bazalardagi o‘quv amaliyot xonalarida dars o ‘tish imkoniyatlarini yaratish.
| 2024-2025-yili davomida | TTA Urganch filiali direktori R.Y.Ruzibayev, Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi kafedra mudirlari. |
12 | Texnikumning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqib xonalarni jihozlashga ko‘maklashish | 2024-2025-yili davomida | TTA Urganch filiali direktori R.Y.Ruzibayev, Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori _______________ |
13 | Texnikum pedagoglarining pedagogik mahoratini oshirishga ko‘maklashish, ularning ilg‘or ta’lim texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya vositalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga amaliy yordam ko‘rsatish | 2024-2025 o‘quv yili davomida | TTA Urganch filiali professor –o‘qituvchilari |
III.Ilmiy-tadqiqot ishlari | |||
14 | Texnikum pedagoglarini, xususan, yosh iqtidorli pedagoglarni ilmiy-tadqiqot jarayoniga faol jalb etish | 2024-2025 o‘quv yili davomida | TTA Urganch filiali professor –o‘qituvchilari |
15 | Texnikumda ilmiy-uslubiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar tashkil etishga ko‘maklashish | 2024-2025 o‘quv yili reja asosida | TTA Urganch filiali professor –o‘qituvchilari, kafedra mudirlari |
16 | Texnikumning xalqaro o‘quv va ilmiy-tadqiqot aloqalarini shakllantirish va rivojlantirishga ko‘maklashish | 2024-2025 o‘quv yili davomida | TTA Urganch filiali professor –o‘qituvchilari, kafedra mudirlari |
17 | Respublikada miqyosida va xorijiy davlatlarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ilmiy anjumanlarga texnikum pedagog xodimlarini jalb qilish va hamkolikda ilmiy ma’ruzalar qilish. TTA UF va Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat texnikumi kafedralar hamkorligini kuchaytirish. | 2024-2025 o‘quv yili davomida | TTA Urganch filiali professor –o‘qituvchilari, kafedra mudirlari. TTA Urganch filiali va Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat texnikumi kafedralari. |
IV.Ma’naviy-ma’rifiy ishlar | |||
18 | Texnikumda o‘quvchi-yoshlarni bo‘sh vaqtlarini unumli tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatib borish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish |
| TTA Urganch filiali va texnikum kafedra mudirlari, fan o‘qituvchilari |
19 | Texnikumlar bitiruvchilari bandligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikda ishlar olib borish | 2024-2025 o‘quv yili mart-iyun | TTA Urganch filiali mas’ul xodimi, kafedra mudirlari, texnikum ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari |
20 | Texnikumning o‘quv rejasiga mos fanlardan to‘garaklar tashkil etishda uslubiy yordam ko‘rsatish | 2024-2025 o‘quv yili sentabr | TTA Urganch filiali kafedra mudirlari va texnikum ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari |
21 | Texnikum talabalari o‘rtasida ularni oliy o‘quv yurtlariga kirish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil qilish | 2024-2025 o‘quv yili mart-iyun | TTA Urganch filiali mas’ul xodimi, kafedra mudirlari, texnikum ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari |
22 | Texnikum talabalarini TTA Urganch filiali bilan tanishtirish maqsadida sayyor darslar tashkil qilish | 2024-2025 o‘quv yili davomida | TTA Urganch filiali va texnikum mas’ul xodimlari, kafedra mudirlari |
23 | TTA Urganch filiali talabalarining kelgusida pedagogik faoliyatlari bilan shug‘ullanishlarini ta’minlash maqsadida ularning pedagogik amaliyotlarini texnikumda o‘tishini ta’minlash | 2024-2025 o‘quv yili davomida | TTA Urganch filiali kafedra mudirlari va texnikum ishlab chiqarish ta’limi bo‘yicha direktor o‘rinbosari |
24 | TTA Urganch filiali va texnikumda faoliyat ko‘rsatayotgan guruh murabbiylari, xotin-qizlar kengashi, kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligini kuchaytirish | 2024-2025 o‘quv yili davomida | TTA Urganch filiali va texnikum mas’ul xodimlari |
Yuqori turuvchi boshqaruv tashkilotlari:

Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 7 avgustdagi 4666-sonli qaroriga asosan Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialiga berkitilgan. Hozirgi kunda bu ikkala ta’lim muassasalari orasida hamkorlik shartnomalari tuzilgan. Belgilangan chora-tadbirlar reja asosida amalga oshirilmoqda.

Amaliyot bazalari.
1. Xorazm viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot birlashmasi.
2. Xorazm viloyat bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot birlashmasi.3. Xorazm viloyat endokrinologiya markazi.
4. Xorazm viloyat perinatal markazi.
5. Urganch shahar shifoxonasi.
6. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
7. Urganch shahar 1-son oilaviy poliklinikasi.
8. Urganch shahar 2-son oilaviy poliklinikasi.
9. Urganch shahar 3-son oilaviy poliklinikasi.
10. Urganch tuman tibbiyot birlashmasi.
11. Xonqa TTB.
12. Yangibazor TTB.
13. Qo`shko`pir TTB.
14. Xiva TTB.
15. Bog`ot TTB.
16. Gurlan TTB.
17. Shovot TTB
18. Yangiariq TTB
19. Hazorasp TTB
20. ”Xorazm Dori-darmon” MCHJ
21. ”Shovot Obi hayot sihatgohi” MCHJ
Urganch avtomobil va yo'llar texnikumi bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasi:


