Ishonch telefoni
Bosh sahifa » TEXNIKUM HAQIDA / Texnikum ustavi va pasporti » TEXNIKUM USTAVI VA PASPORTI

TEXNIKUM USTAVI VA PASPORTI

25-04-2025, 10:45
893





URGANCH ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI

JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMI

U S T A V I 





                                                                1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Ustav boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi (keyingi oʻrinlarda – texnikumlar deb yuritiladi) ning maqomi, asosiy maqsad va vazifalari, huquq
 va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Texnikum – Milliy malakalar ramkasining 3, 4 va 5 darajalariga mos keluvchi boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan taʼlim tashkiloti hisoblanadi. 

3. Texnikum oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
 va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining (keyingi oʻrinlarda – Vazirlik deb yuritiladi) buyruqlari, boshqa qonunchilik hujjatlari hamda ushbu Ustav asosida amalga oshiradi.

4. Texnikum Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi koʻrinishda nomlanadi va Vazirlik tasarrufida faoliyat koʻrsatadi. 

5. Texnikum Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch filialiga biriktiriladi. Oliy taʼlim tashkiloti texnikumlarning taʼlim jarayoniga oʻquv-metodik hamda moddiy-texnik bazasini yaxshilashga koʻmaklashadi.

6. Kasbiy malakalarni rivojlantirish boʻyicha respublika kengashi tomonidan texnikumga respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari kadrlar buyurtmachisi va sanoat hamkori sifatida biriktiriladi. 

7. Texnikumni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hamda oʻquvchilarni toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.

8. Texnikumda boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha kadrlar tayyorlash umumiy oʻrta taʼlim tashkilotining joriy yilda 9-sinfini tamomlagan oʻquvchilar uchun — davlat granti asosida, kamida umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan boshqa talabgorlar uchun — toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Kamida umumiy oʻrta maʼlumotga ega boʻlgan shaxslar texnikumda oʻrta
 va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlari boʻyicha davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida taʼlim oladilar.

9. Texnikum yuridik shaxs hisoblanib, oʻzining mustaqil balansiga, alohida mol-mulkiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shtampga, davlat namunasidagi blankalarga, Iqtisodiyot va moliya vazirligining Gʻaznachiligida va uning hududiy boʻlimlarida shaxsiy hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi va boshqa hisobvaraqlariga, rekvizitlarga ega boʻladi. Oʻz nomidan shartnomalar tuzadi, mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarni amalga oshiradi, yuklangan majburiyatlarni bajaradi hamda sud, arbitraj organlarida daʼvogar va javobgar boʻladi.

10Texnikumning rasmiy nomlanishi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi, qisqartirilgan nomi — Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi JST ;

b) ingliz tilida: 

toʻliq nomi: Urganch technicum of Public Health named after Alu Ali ibn Sino under the Ministry of Higher Education, Science and Innovation of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan nomi — Urganch technicum of Public Health;

drus tilida:

toʻliq nomiУргенчский техникум общественного здоровья имени Абу Али ибн Сино при Министерстве высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистанqisqartirilgan nomi — Ургенчский ТОЗ имени Абу Али ибн Сино.

11. Texnikumning joylashgan joyi (pochta manzili): Urganch shahar, “Kamolot” mahallasi Al Xorazmiy ko‘chasi 2-uy. pochta manzili: 220500.

2-bob. Texnikumlar faoliyatining asosiy maqsadi va vazifalari

 

12. Texnikumlar faoliyatining asosiy maqsadi - Mehnat bozorida raqobatbardosh, iqtisodiyot tarmoqlarida samarali ishlashga qodir, malakali kadrlar tayyorlash hamda kasbiy taʼlim dasturlarini joriy qilish orqali turli yoshdagi shaxslarning “Hayot davomida taʼlim olish” tamoyili asosida taʼlim olishga boʻlgan talablarini qondirishdir.

13. Quyidagilar texnikumlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:

iqtisodiyot soha va tarmoqlarida talab yuqori boʻlgan tor doiradagi va sohaviy kasb va mutaxassisliklar boʻyicha tizimli fikrlash, ish yuritish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash koʻnikmalariga ega hamda xorijiy tillarni biladigan mutaxassislar tayyorlash; 

ish beruvchilarning talab va takliflariga asosan kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, iqtisodiyot soha va tarmoqlari uchun zarur boʻlgan malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda ushbu jarayonda hamkor ish beruvchi tashkilotlar faol ishtirok etishlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish;

egallagan kasb yoki mutaxassislik boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beradigan, yuqori darajada sifatli bilim olishni va kasbiy tayyorgarlikni taʼminlash;

tanlab olingan kasb yoki mutaxassislik boʻyicha bir yoki bir necha kvalifikatsiyani egallash jarayonida oʻquvchilarning kasbiy layoqat, koʻnikma
 va malakalarini oshirish;

mutaxassislarni tayyorlash tizimi va mazmunini jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat va zamonaviy innovatsion texnika yutuqlaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish;

oʻquvchilarda vatanparvarlik, milliy oʻzlikni anglash, xalqning milliy, madaniy, tarixiy anʼanalariga hurmat, Vatan bilan gʻururlanish va iftixor tuygʻusini shakllantirish; 

oʻquvchilarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari
 
 va usullaridan foydalangan holda kamol toptirish; 

davlat taʼlim standartlari talablariga koʻra oʻquvchilar egallashi lozim boʻlgan malaka va koʻnikmalarni oʻquvchilar ongiga singdirish;

oʻqituvchi, taʼlim oluvchilarning sogʻligʻini muhofaza qilish, sogʻlom turmush tarzini joriy etish, ularning bilim olishi, turmushi va dam olishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratish;

tegishli taʼlim darajalari boʻyicha kadrlar tayyorlash uchun zarur
 moddiy-texnika, oʻquv-metodik bazani yaratish va oʻquv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega boʻlgan amaliyotchi mutaxassislarni jalb etib borish.

14. Faoliyatning asosiy turlarini amalga oshirish doirasida texnikum quyidagi asosiy kasbiy taʼlim dasturlarini amalga oshirishi mumkin.

a) Texnikumda umumtaʼlim tashkilotlarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda boshlangʻich kasbiy taʼlim umumtaʼlim va mutaxassislik fanlarining integratsiyalashgan dasturlari asosida amalga oshiriladi.

Texnikumda umumtaʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan guruhlarda ta’lim dasturlarining davomiyligi 2 yildan iborat bo‘ladi. Bunda, kadrlar tayyorlash kunduzgi taʼlim shakllarida amalga oshiriladi.

b) Texnikumda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich kasbiy (boshlang‘ich professional yoki kasb-hunar) ta’lim maʼlumotga ega boʻlgan shaxslardan shakllantirilgan guruhlar uchun boshlangʻich kasbiy taʼlim dasturlarida:

oʻqishning normativ muddati kasblarning murakkabligidan kelib chiqqan holda ikki yilgacha boʻlgani holda oʻquv jarayoni 22 – 94 hafta davom etishi zarur. Bunda, kadrlar tayyorlash kunduzgi taʼlim shakllarida amalga oshiriladi;

ushbu taʼlim dasturida umumtaʼlim fanlarini o‘qitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

d) Texnikumda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich kasbiy (boshlang‘ich professional yoki kasb-hunar) ta’lim maʼlumotga ega boʻlgan shaxslardan shakllantirilgan guruhlar uchun oʻrta kasbiy taʼlim dasturlarida:

oʻqishning normativ muddati kasblar va mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda ikki yilgacha boʻlgani holda oʻquv jarayoni
 22 – 94 hafta davom etishi zarur.

Kadrlar tayyorlash kunduzgi taʼlim shakllarida amalga oshiriladi.

e) Texnikumda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, boshlang‘ich, o‘rta kasbiy (boshlang‘ich professional yoki kasb-hunar) ta’lim maʼlumotga ega boʻlgan shaxslardan shakllantirilgan guruhlar uchun oliy taʼlim tashkilotlarining tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari dasturlari bilan integratsiyalashtirilgan oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarida.

oʻqishning normativ muddati kamida 2 yil boʻlgan holda oʻquv jarayoni kamida 94 hafta davom etishi zarur.

Kadrlar tayyorlash kunduzgi taʼlim shakllarida olib boriladi.

15. Texnikumda roʻyxati Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan kasb
 va mutaxassisliklar boʻyicha turli darajadagi boshlangʻich, oʻrta va oʻrta maxsus kasbiy taʼlim dasturlarining oʻzaro muvofiqligi va uzviyligi taʼminlangan holda yaxlit taʼlim dasturlari joriy etilishi mumkin.

16. Texnikumda qoʻshimcha kasblar va mutaxassisliklar boʻyicha kvalifikatsiya va kompetensiyalarni egallash, jumladan, tegishli toifalar boʻyicha avtotransport vositalari hamda traktorlarni boshqarish boʻyicha milliy haydovchilik guvohnomalarini olish istagidagi aholining turli qatlamlari uchun oʻqitish muddati 6 oydan oshmagan intensiv, shuningdek turli yoshdagi fuqarolar va ishsizlarni kasb-hunar, xorijiy tillar va tadbirkorlikka oʻqitish boʻyicha qoʻshimcha oʻquv kurslari tashkil etilishi mumkin.

3-bob. Oʻquv tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish

17. Texnikumda idoraviy boʻysunuvidan qatʼi nazar oʻquv-metodik rahbarlik qilish hamda bu sohada davlat siyosatini yuritish Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.

18. Texnikumda:

kunduzgi taʼlim shaklida oʻqish muddati va semestrlar davomiyligi Vazirlik tomonidan belgilangan meʼyorlar asosida shakllantiriladi;

oʻquvchilar oʻqitish kurslari boʻyicha guruhlarga, oʻqitish yoʻnalishi boʻyicha esa boʻlimlarga birlashtiriladi;

guruhlarda oʻquvchilar soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan meʼyorlar asosida shakllantiriladi;

oʻquv yilining boshlanishi, tugallanishi, haftalik yuklama, taʼtillarning muddati, davomiyligi, shuningdek, oʻquv-tarbiya jarayoni yakunlarini belgilash shakllari, amaliyot turlari va yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi hamda taʼlim jarayoniga tegishli boshqa talablar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan oʻquv rejalari va boshqa normativ hujjatlar asosida belgilanadi;

texnikumda barcha turdagi oʻquv mashgʻulotlari davomiyligi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi;

texnikumda oʻqitish kursi tugagandan keyin nazoratlarning yakuniy natijalari asosida oʻquvchini navbatdagi kursga oʻtkazish, kursda qoldirish, oʻqishdan chetlashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Oʻquvchilarni kursdan kursga oʻtkazish, oʻqishdan chetlashtirish, kursda qoldirish pedagogik kengashning qarori va texnikum direktorining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi;

oʻquvchilarni texnikumda oʻqitish taʼlimning fan va ishlab chiqarish bilan oʻzaro hamkorligi asosida quyidagicha amalga oshiriladi:

texnikum oʻquvchilarining muassasa va tashkilotlarda tizimli asosda ishlab chiqarish amaliyot oʻtashi uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ish beruvchilarni oʻquv jarayoniga foydalaniladigan oʻquv-normativ hujjatlarni ishlab chiqishga jalb etish; 

bevosita ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayonlarida ishtirok etishga qodir boʻlgan kadrlarni tayyorlash maqsadida oʻquv jarayoniga innovatsion gʻoyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni qoʻllab, texnikum hamda muassasa
 va tashkilotlarning oʻzaro yaqin hamkorligini taʼminlash;

oʻquvchilarning oʻquv va ishlab chiqarish amaliyoti belgilangan normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi;

oʻquv reja va fan dasturlarining barcha talablarini bajargan oʻquvchi texnikum pedagogik kengashining qarori va direktorning buyrugʻi bilan Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlariga qoʻyiladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi belgilangan normativ hujjatlarga muvofiq tartibga solinadi;

Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi qarori bilan taʼlim olgan mutaxassisligi (kasbi) va egallagan malakasi (malakalari) koʻrsatilgan holda davlat namunasidagi diplom beriladi;

Diplomga oʻzlashtirilgan fanlar roʻyxati, oʻtilgan soatlar hajmi, ularni oʻzlashtirish darajasi (baholar) va Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari koʻrsatilgan qoʻshimcha varaq ilova qilinadi;

texnikumni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplom egallangan bilimlarni mehnat faoliyatida amalga oshirish huquqini beradi;

oʻquv jarayoni shakli ilmiy asoslangan innovatsion vosita va oʻqitish usullarini tanlash asosida tashkil etiladi;

oʻquv jarayoniga yoʻnalishlar boʻyicha olim va mutaxassislar jalb qilinadi. Texnikumda oʻqituvchilarning oʻquv-metodik va ilmiy ijod qilishlari uchun sharoit yaratiladi va ragʻbatlantiriladi.

19. Texnikumda maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar umumbashariy qadriyatlarga va milliy anʼanalarga asoslanadi.

Texnikumda:

vatanparvarlik va milliy mustaqillik gʻoyalariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʻshishga qodir shaxsni tarbiyalash oʻquv jarayoni bilan uzviy ravishda oila, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa jamoat tashkilotlari ishtirokida amalga oshiriladi;

yoshlarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy-madaniy, tarixiy anʼanalariga, urf-odatlariga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli shakllarini ommalashtirish maqsadida texnikumning veb-sayti va ijtimoiy sahifalarini yaratish yoʻlga qoʻyiladi;

oʻquvchilarning oʻz intellektual darajasini oshirishlari uchun badiiy adabiyotlarni oʻqishga qiziqtirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targʻibot ishlarini olib borish yangi adabiy kitoblarning taqdimotini uyushtirish va targʻib qilish orqali amalga oshiriladi;

texnikum oʻquvchilarida muloqot madaniyatining zamonaviy shakllarini yaratish maqsadida tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda bahs-munozaralar va davra suhbatlari uyushtiriladi;

chet tillaridagi badiiy adabiyotlar, ilmiy materiallarni oʻrganish va taʼlim-tarbiyaga tatbiq etish maqsadida videoroliklar, bukletlar, flayerlar tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi; 

yosh avlodni maʼnaviy-axloqiy, milliy gʻoyalarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mustaqil dunyoqarashga va fikrlashga ega boʻlgan maʼnaviy boy va har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishda milliy-madaniy, tarixiy anʼanalarga, urf-odatlar hamda umumbashariy qadriyatlariga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli xil shakllari qoʻllaniladi; 

oʻquvchilarda texnikum va tanlagan kasbni egallash boʻyicha berilgan imkoniyatlardan gʻururlanish hissini oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlab chiqiladi;

oʻquv yilining birinchi kuni vazirlik va uning hududiy boshqarmasi, hokimiyat oliy taʼlim muassasasi va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida oʻquvchilarning tantanali saflanishi, Oʻzbekiston Respublikasi bayrogʻini olib chiqish, Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlanadi va belgilangan tadbir asosida davom ettiriladi;

birinchi mashgʻulot Oʻzbekiston Respublikasining milliy mustaqillik gʻoyalariga bagʻishlanadi.

Texnikumda manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻquvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirokida yoshlarga oid muhim masalalarni muhokama etish uchun muntazam ravishda uchrashuvlar oʻtkazib boriladi.

4-bob. Texnikumning tuzilishi

20. Texnikum shtatlari jadvali amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi hamda roʻyxatdan oʻtkaziladi. 

21. Texnikumda pedagogik kengash, metodik kengash, ota-onalar kengashi, Jamoatchilik kengashi tuziladi va faoliyat yuritadi.

22. Texnikum faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqish uchun texnikum pedagogik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) tashkil etiladi. Kengash toʻgʻrisidagi nizom va uning ish rejasi Kengash yigʻilishida tasdiqlanadi.

Kengash tarkibi direktor tomonidan tasdiqlanadi. Kengash tarkibiga, direktor oʻrinbosarlari, kotib, pedagog kadrlar hamda texnikum biriktirilgan oliy taʼlim tashkiloti vakillari kiradi. 

Kengash qarorlarining ijrosi direktor va uning oʻrinbosarlari tomonidan taʼminlanadi.

23. Kengashning vakolatlariga quyidagilar kiradi:

texnikum faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Vazirlik hamda tegishli vazirlik, idora va tashkilotlarining buyruqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasining koʻrsatmalari
 va topshiriqlari ijrosi taʼminlanishini tashkil qilish;

texnikumning yillik ish rejasi va boshqa rejalarni tasdiqlash;

budjetdan tashqari mablagʻlar sarf-harajati hisobotlarini koʻrib chiqish;

texnikum pedagogik jamoasining faoliyatini oʻquvchilarning egallashi lozim boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarini taʼminlashga, oʻquvchilarga taʼlim berish sifatini oshirishga yoʻnaltirish;

oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda oʻquv-metodik jarayonni tashkil etish, moddiy-texnik bazadan unumli foydalanish masalalarini koʻrib chiqish;

texnikum faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha axborotlar va hisobotlarni eshitish, taʼlim tashkilotining sanitariya-gigienik holati, yongʻinga qarshi amalga oshiriladigan ishlar, mehnatni muhofaza qilish, oʻquvchilarning sogʻligʻi
 va hayotiga oid hamda boshqa masalalarni muhokama qilish va qaror qabul qilish;

texnikum guruh murabbiylari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotlarni eshitish;

qabul komissiyasining texnikumga oʻquvchilarni qabul qilish yuzasidan hisobotini eshitish;

oʻquvchilarga taʼlim berishda oʻqitishning ilgʻor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni tatbiq etish choralarini koʻrish; 

oʻquvchilarni yuksak maʼnaviy-axloqiy, umuminsoniy va milliy ruhda, oʻz Vatani, xalqini ardoqlovchi, tinchlik va barqarorlikka qaratilgan milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va joriy etish; 

texnikumda oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil etish va taʼlim samaradorligini oshirish boʻyicha zarur shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qarorlar qabul qilish;

oʻquvchilarni kursdan kursga oʻtkazish, kursda qoldirish, chetlashtirish, oʻqishga tiklash, bitiruvchilarga oʻqishni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi davlat namunasidagi hujjatlar berish masalalarini koʻrib chiqish;

yuqori malakali pedagoglarning ish tajribasini oʻrganish va ommalashtirish, ularni davlat mukofotlariga tavsiya etish, yosh pedagog oʻqituvchilarga metodik yordam koʻrsatish ishlarini tashkil etish; 

pedagog kadrlarga dars soatlari taqsimotlarini muhokama qilish va guruh rahbarlari masalalarini koʻrib chiqish;

oʻz vakolati doirasida ichki hujjatlarni tasdiqlash va ularning bajarilishini nazorat qilish;

chin yetim, yetim, kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oʻquvchilarni har tomonlama ijtimoiy himoya qilish masalalarini koʻrib chiqish;

direktor oʻrinbosarlari, tarkibiy boʻlinma rahbarlarining hisobotlarini eshitish.

Kengash texnikum faoliyatiga taalluqli boʻlgan boshqa muhim masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.

24. Texnikum tarkibida kasaba uyushmasi, xotin-qizlar va yoshlar masalalari boʻyicha boshlangʻich tashkilot, murabbiylar kengashi va taʼlim-tarbiya jarayoniga daxldor boʻlgan boshqa jamoat tuzilmalari tashkil etiladi.

25. Texnikumda kafedralar va tegishli oliy taʼlim tashkilotlarining kafedra filiallari tashkil etilishi mumkin. 

Tashkil etilgan kafedralar ular faoliyati toʻgʻrisidagi nizomlar bilan tartibga solinadi.

26. Texnikumning pedagog kadrlari va tegishli oliy taʼlim muassasasi kafedralarining professor-oʻqituvchilari bilan hamkorlikda taʼlim sifatini oshirish borasida hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.

27. Texnikum direktori texnikumdagi oʻquv-tarbiya va metodik ishlar samaradorligi boʻyicha vazirlik yoki uning hududiy boshqarma yigʻilishlarida hisobot beradi. 

5-bob. Texnikumni boshqarish

28. Texnikumni boshqarish direktor tomonidan amalga oshiriladi.

Texnikumlar direktori va uning oʻrinbosarlari belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Texnikum direktori:

texnikum faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi va texnikumga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

oʻrinbosarlar vakolatlarini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, texnikumning tarkibiy boʻlinmasi rahbarlari vakolatlarini, ularning faoliyati uchun javobgarligini belgilaydi;

texnikum faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
 
 va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi
 va uning hududiy boshqarmalari, buyruqlari va koʻrsatmalari amalga oshirilishini tashkil etadi;

qonunchilik hujjatlariga asosan texnikum nomidan ish olib boradi, barcha tashkilotlarda uning vakili sifatida qatnashadi, shartnomalar tuzadi, ishonchnomalar beradi;

texnikum tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;

texnikum oʻqituvchi va xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi
 va bekor qiladi;

texnikum tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi
 va lavozimdan ozod qiladi;

texnikum pedagogik xodimlari va oʻquvchilari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;

texnikumning tashkiliy va moliyaviy faoliyati masalalarini hal qiladi;

texnikumning mol-mulkiga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish boʻyicha belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi; 

texnikumning shtat jadvallari va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

texnikum oʻqituvchilari va boshqa xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etadi, oʻrnak koʻrsatgan texnikum xodimlariga unvonlar berish va davlat mukofotlari bilan taqdirlash toʻgʻrisida takliflar kiritadi. 

texnikum direktori qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin. 

6-bob. Pedagog kadrlar va oʻquv-tarbiyaviy xodimlar

29. Texnikumda pedagog kadrlar, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi
 va oʻquv-yordamchi xodimlar faoliyat yuritadi.

30. Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi qonuniga muvofiq pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlar roʻyxati Vazirlik tomonidan tasdiqlanadi. Ushbu tasdiqlangan roʻyxatdagi xodimlar pedagog kadrlar deb yuritiladi. 

31. Pedagogik oliy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarga qayta tayyorlash kurslaridan oʻtganidan keyin taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanish huquqi berilishi mumkin.

Zarurat boʻlganda texnikumlar ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini, shuningdek tegishli bilim hamda amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan, oliy maʼlumoti boʻlmagan boshqa mutaxassislarni amaliy va qoʻshimcha mashgʻulotlar oʻtkazish uchun jalb etishi mumkin.

Amaliy mashg‘ulotlar o‘qituvchilari qayta tayyorlash kurslaridan oʻtmasdan texnikumlarda pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishga haqli.

Oʻzbekiston Respublikasining “Pedagogning maqomi toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq pedagoglik faoliyati bilan shugʻullanishi taqiqlangan shaxslarning texnikumda pedagog sifatida faoliyat olib borishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

32. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning mutaxassislari oʻrindoshlik asosida yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soatbay ish haqi toʻlash shartlari asosida pedagogik faoliyatga jalb etilishi mumkin.

33. Pedagoglarning kasbiy darajasiga doir talablar “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori”da hamda pedagogning kasbiy standartlarida belgilanadi.

Pedagog, boshqaruv, texnik, xizmat koʻrsatuvchi va oʻquv-yordamchi xodimlarning huquq va majburiyatlari texnikumning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari va lavozim yoʻriqnomalarida belgilanadi.

34. Texnikumning oʻqituvchi va boshqa xodimlari tarkibini davriy attestatsiyadan oʻtkazish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.

7-bob. Jamoat tashkilotlari

35. Texnikumda oʻquvchi, pedagog xodim, maʼmuriy va yordamchi xodimlarni birlashtiruvchi jamoat tashkilotlari faoliyat koʻrsatadi. Jamoat tashkilotlarining faoliyati amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

36. Texnikum oʻquvchilarining yoshlar ishlari boʻyicha boshlangʻich tashkiloti jamoatchilik asosida tashkil etilib, yoshlarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi hamda oshkoralik va adolat tamoyillari asosida ish yuritadi.

37. Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan kasaba uyushmasi qoʻmitasi texnikum xodimlari va oʻquvchilarining koʻngilli jamoat birlashmasi sifatida eʼtirof etiladi. 

38. Texnikumda xodimlar oʻz huquqlari va manfaatlarini ifoda etish hamda himoya qilish maqsadida Kasaba uyushmasi qoʻmitasi kasaba uyushmalari toʻgʻrisidagi va boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan ish koʻradi.

8-bob. Texnikumlarning huquq va majburiyatlari

39. Texnikum:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz nomidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan vakolati doirasida shartnomalar va normativ-hujjatlar tuzish, jumladan mahalliy va xorijiy ish beruvchilar bilan toʻlov-kontrakt asosida kadrlar tayyorlash va qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish;

Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan va ushbu Ustavga zid boʻlmagan faoliyatni amalga oshirish;

taʼlim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish maqsadida oʻqituvchilar oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida tanlovlar tashkil etish;

respublika iqtisodiyoti, xoʻjalik va xizmat koʻrsatish sohasida mutaxassislarga boʻlgan talab va real ehtiyojlar asosida belgilangan tartibda tegishli mutaxassislar tayyorlovchi qoʻshimcha yoʻnalishlar, shartnoma asosida kasbga tayyorlovchi qisqa muddatli oʻquv kurslari ochish;

belgilangan tartibda mulkni ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi sifatida faoliyat yuritish hamda boʻsh turgan mulkini Vazirlik ruxsati asosida ijaraga berish;

toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan mablagʻlarni texnikumning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga va taʼlim-tarbiya jarayonini zamonaviy oʻquv-texnik vositalar, mebellar bilan taʼminlashga, texnikum xodimlarini ijtimoiy himoyalashga va ularning faoliyat samaradorligini oshirishni ragʻbatlantirishga sarflash huquqiga ega.

Texnikum qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

40. Texnikum:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining (keyingi oʻrinlarda – Vazirlik deb yuritiladi) buyruqlari, boshqa qonunchilik hujjatlari hamda ushbu Ustavda belgilangan vazifalarni bajarishga; 

davlat taʼlim standartlari, malaka talabi, oʻquv reja va fan dasturlari asosida yuqori sifatli kasbiy taʼlimni berishga;

texnikum axborot-kutubxona fondini umumiy oʻquvchilar sonini hisobga olgan holda zamonaviy talabga javob beradigan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar va oʻqitish materiallari toʻplamlari, shuningdek, badiiy adabiyotlar bilan yetarli darajada muntazam ravishda toʻldirib borishni taʼminlash hamda oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etishga; 

texnikum oʻqituvchilari malakasini oshirish, tajriba almashinuvini tashkil etish va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga;

taʼlim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilishga;

pedagogik faoliyatning sifati, ijtimoiy maqomi, nufuzi va obroʻ-eʼtiborini oshirish borasida faoliyat koʻrsatishga; 

mehnat muhofazasi talablariga javob beradigan taʼlim-tarbiya va mehnat sharoitlarini yaratishga majbur. 

Texnikum qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.

9-bob. Taʼlim oluvchilar

41. Texnikumga oʻqishga qabul qilingan fuqaro ushbu texnikum oʻquvchisi hisoblanadi.

42. Oʻqishda erishgan yutuqlari, oʻquv-ishlab chiqarish, ijodiy faoliyat va texnikumning boshqa ishlarida faol qatnashgan oʻquvchilarga moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirishning turli xil shakllari qoʻllaniladi. 

43. Texnikum oʻquvchilari:

Texnikum faoliyatiga doir masalalarni muhokama va hal etishda bevosita yoki bilvosita (mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat tashkilotlari orqali) ishtirok etish; 

belgilangan tartibda texnikum maʼmuriyatining buyruqlari ustidan shikoyat qilish;

taʼlim dasturlari boʻyicha taʼlimni davom ettirishini toʻxtatish boʻyicha kasbiy taʼlim tashkiloti rahbariyatiga murojaat qilish;

axborot-kutubxona, texnikumning oʻquv, ijtimoiy, davolash va boshqa boʻlinmalari xizmatlaridan texnikum ustavida belgilangan tartibda bepul foydalanish;

kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan turli koʻrik tanlovlarda belgilangan tartibda ishtirok etish; 

ish beruvchilar tomonidan tavsiya qilingan ish joylarida ishlash boʻyicha murojaat qilish;

taʼlim olishda kasbiy taʼlim dasturlarida va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan huquqlardan foydalanish huquqiga ega.

Texnikum oʻquvchilari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.

44. Texnikum oʻquvchilari:

Davlat taʼlim standartlarida belgilangan talablarni oʻquvchilar belgilangan muddatlarda bajarishi hamda bilim va koʻnikmalarni egallashga;

uzrsiz sabablarga koʻra dars mashgʻulotlarini qoldirmaslik;

ushbu Ustavga, Texnikumning ichki tartib-qoidalariga, odob-axloq qoidalariga hamda oʻquv intizomiga rioya qilishga;

texnikum binolari va uning mol-mulkini asrab-avaylashga;

toʻlov-kontrakt boʻyicha majburiyatlarni oʻz vaqtida bajarishga;

texnikum hududida uyali telefonlardan foydalanishni tartibga soluvchi tegishli ichki tartiblarga rioya qilishga majburdir.

Texnikum oʻquvchilari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.

10-bob. Texnikumni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminoti

45. Texnikumning faoliyatini moliyalashtirish belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan va tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq amalga oshiriladi. 

46. Texnikum oʻz ustavida belgilangan maqsadlarga muvofiq tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin.

47. Texnikum faoliyatini moliyalashtirish quyidagi manbalar hisobidan amalga oshiriladi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;

Texnikumning tadbirkorlik faoliyatidan, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan shartnoma asosida pulli xizmat koʻrsatish, bino va inshootlarni, jihoz va anjomlarni ijaraga berishdan olingan daromadlar;

jismoniy va yuridik shaxslarning qonun bilan taqiqlanmagan homiylik xayriyalari, mahalliy hamda xalqaro tashkilotlarning grantlari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

48. Texnikumlar shtatidagi xodimlar soni namunaviy shtatlariga muvofiq belgilanadi. 

Texnikumlarining namunaviy shtatlari Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

49. Texnikum oʻquvchisining kasbiy va tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish, budjetdan tashqari mablagʻ ishlab topish maqsadida aholiga pullik xizmat koʻrsatish boʻyicha turli sohalar bilan bogʻliq ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin.

50. Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatdan olingan daromad hisobiga sotib olingan mol-mulk texnikumning mol-mulki tarkibiga kiritiladi.

51. Texnikumning mol-mulki va pul mablagʻlari sarflanishi uchun bevosita uning rahbari javobgar hisoblanadi.

52. Texnikum tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy va statistik hisobot yuritiladi.

53. Texnikum xodimlarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish hamda ish haqiga ustamalar qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

54. Texnikumning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.

55. Texnikumlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan amalga oshiriladi. Xalqaro taʼlim dasturlari joriy qilingan texnikumlar bundan mustasno.

 11-bob. Qayta tashkil etish va tugatish

56. Texnikumni qayta tashkil etish yoki tugatish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


TEXNIKUM PASPORTI





Скачать файл: UJST pasport yangi-2024-2025 PDF Download link .pdf [5,59 Mb] (cкачиваний: 4)
Посмотреть онлайн файл: UJST pasport yangi-2024-2025 PDF Download link .pdf

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz