BIZ GIYOHVANDLIKKA QARSHIMIZ
Fevral - yoshlar orasida giyohvandlik vositalariga qarshi kurash oyi.


️Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Yoshlar orasida giyohvandlik vositalariga qarshi kurash oyligi” doirasida 24-fevral kuni “Giyohvand moddalarsiz – sog’lom hayot” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbirda TTA Urganch filiali "Asab va ruhiy kasalliklar" kafedrasi assistenti Polvonov Ravshan Otamuratovich giyohvandlik, uning salbiy oqibatlari to'g'risida o’z ma’ruzasi bilan ishtirok qildi. Shuningdek, tadbirda o’quvchilar tomonidan tayyorlangan videoroliklar va sahna ko’rinishlari namoyish qilindi. Tadbir yakunida “Giyohvandlik – asr vabosi” mavzusida o’tkazilgan rasmlar va insholar tanlovi g’oliblari faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.