YOSH QUTQARUVCHILAR
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 21-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 31-yanvardagi 15-son buyrug’i bilan tasdiqlangan tadbirlar rejasining 3- va 4-bandlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Yosh qutqaruvchilar klublari faoliyatini tashkil etish” mavzusida Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi hududiy bo’limlari bilan hamkorlikda o'quv mashg'uloti o`tkazildi. O'quv mashg'ulotida Favqulodda Vaziyatlar Vazirligining maxsus hodimlari tomonidan tabiiy ofatlar vaqtida qanday yo'l tutish kerakligi,birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatish,zilzila paytida qanday harakatlanish kerakligi,inson cho'kayotganda qanday yordam ko'rsatish,yong'in vaqtida nimalar qilish zarurligi haqida tushuntirib o'tdilar.Texnikum o'quvchilari tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatish bo'yicha o'z bilimlarini ishtirokchilarga namoyish qilishdi.Tadbir so'nggida faol ishtirok qilgan o'quvchilar faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.





Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.