Bahorning ilk kuni sevimli shoira, vafo va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim tavallud ayyomi bilan boshlanadi. Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida ham Zulfiyaxonimning 108 yilligiga bag'ishlab "Bahor keldi seni so’roqlab" mavzusida ma’naviy –ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi. “Xirurgik fanlar” kafedrasi o’qituvchisi G.R.Sapayeva va ARM xodimi N.Tangriberganovalar tomonidan tashkillashtirilgan ushbu tadbirda talabalar shoiraning hayoti va ijodi, uning nomiga taʼsis etilgan Davlat mukofoti haqida ma’lumotlar berishdi, H.Olimjon va Zulfiyaning sheʻrlaridan namunalar o’qishdi, sahna ko’rinishlarini namoyish qilishdi. Tadbir yakunida faol ishtirok qilgan talabalar faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.