Ishonch telefoni

Navro'z 2023

21-03-2023, 16:13
130
Bahor va tabiat uygʼonishining timsoli, sharqona yangi yilning boshlanishi boʼlgan Navroʼzi olamni baland ruh va katta shodiyona bilan nishonlash azal-azaldan el-yurtimiz uchun goʼzal anʼana hisoblanadi.
Xalqimizning koʼp asrlik ezgu qadriyatlarini, uning orzu-intilishlarini oʼzida mujassam etgan ushbu qutlugʼ ayyom mustaqillik yillarida mamlakatimizda yashayotgan turli millat va elatlarga mansub barcha vatandoshlarimiz uchun umumxalq bayramiga aylandi.
Navroʼzi olamning ruhi va falsafasida mujassam boʼlgan yaxshilik va bagʼrikenglik, ahillik va hamjihatlik, atrof-muhitni koʼz qorachigʼidek asrab-avaylash kabi olijanob gʼoyalar Yangi Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan tarixiy oʼzgarishlarning maqsad va mazmuniga toʼla hamohangdir.
Hozirgi kunda jamiyatimizda hukm surayotgan tinchlik, doʼstlik va birodarlik tuygʼularini mustahkamlash, xalqimiz, avvalo, yosh avlodimiz qalbi va ongida Vatanimizning buguni va kelajagiga daxldorlik tuygʼusini kuchaytirishda Navroʼz bayramining ahamiyati tobora ortib bormoqda.
El-yurtimiz yasharish va yangilanish, mehr-oqibat fasli sifatida eʼzozlaydigan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan xalqaro bayram deb eʼtirof etilgan Navroʼzning maʼnaviy hayotimizdagi ulkan oʼrni va taʼsirini inobatga olib, ushbu ayyomni milliy qadriyat va urf-odatlarimizga uygʼun tarzda, har tomonlama munosib darajada nishonlanmoqda.

Sizlarni va sizlar orqali yaqinlaringizni bahorning mehr-muruvvat, yangilanish va yasharish ayyomi bilan chin dildan tabriklaymiz. 
Xonadoningizga tinchlik- xotirjamlik, oilangizga sogʼlik-salomatlik, dasturxoningizga qut-baraka, tuganmas mehr-oqibat tilaymiz. Dilingizdagi eng ezgu niyatlaringiz barchasi amalga oshsin. Kuningiz xayrli va barokatli, yaxshi amallarga boy boʼlsin. 

Navroʼz bayramingiz muborak boʼlsin.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz