BITIRUVCHI - 2026
2026-yil 10-iyul kuni Urganch Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida bitiruvchilariga diplom topshirishning tantanali marosimi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbir texnikum hayotidagi muhim va unutilmas voqealardan biri bo‘lib, unda bitiruvchilar, ularning ota-onalari, pedagoglar, faxriy ustozlar ishtirok etdilar.Texnikum rahbariyati yig‘ilganlarni samimiy qutlab, bitiruvchilarning ta’lim olish davomida erishgan yutuqlari, kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli egallaganliklari haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘quv jarayonida yuqori natijalarga erishgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan hamda turli tanlov va musobaqalarda texnikum sha’nini munosib himoya qilgan bitiruvchilar alohida e’tirof etildi. Ularga diplomlar tantanali ravishda topshirilib, tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Bitiruvchilarning ota-onalariga farzandlarining ta’lim-tarbiyasiga qo‘shgan hissalari uchun minnatdorlik bildirishdi.


Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari – 2026” kasbiy milliy mahorat tanlovi viloyat bosqichi gʻoliblari tantanali ravishda taqdirlandi30-06-2026, 16:53
BITIRUVCHI - 20258-07-2025, 09:33
Yakuniy davlat attestatsiyasi – bilim va salohiyat sinovi18-06-2026, 10:50
ENG FAOL YOSH O'QITUVCHI KO'RIK-TANLOVI29-04-2026, 22:00
OCHIQ MAHORAT DARSI29-04-2026, 20:00











