Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » ENG FAOL YOSH O'QITUVCHI KO'RIK-TANLOVI

ENG FAOL YOSH O'QITUVCHI KO'RIK-TANLOVI

29-04-2026, 22:00
48
2026-yil 29-aprel kuni Urganch  Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Eng faol yosh o‘qituvchi” ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tanlovda ta’lim muassasasining 6 nafar yosh o‘qituvchisi ishtirok etib, o‘z bilim va mahoratlarini 5 ta muhim shart asosida sinovdan o‘tkazdilar. Tanlovning birinchi sharti — “Mening jamiyatdagi o‘rnim” bo‘lib, unda ishtirokchilar o‘qituvchilik kasbining jamiyatdagi ahamiyati va o‘zlarining ushbu sohadagi o‘rnini yoritib berdilar.
Ikkinchi shart — “Pedagogik mahorat” doirasida ishtirokchilar dars jarayonida qo‘llayotgan zamonaviy pedagogik metodlari, innovatsion yondashuvlari hamda o‘quvchilar bilan ishlashdagi tajribalarini namoyish etdilar.
Uchinchi shart — “O‘qitish samarasini oshirishga xizmat qiluvchi mening innovatsion g‘oyam” bo‘lib, bunda yosh pedagoglar ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan yangi tashabbus va loyihalarini taqdim etdilar.
To‘rtinchi shartda — “2025–2026 o‘quv yili pedagogik faoliyati natijalari” yuzasidan o‘qituvchilar o‘zlarining yillik erishgan yutuqlari, o‘quvchilar bilan olib borgan ishlari va natijadorlik ko‘rsatkichlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Tanlovning yakuniy, beshinchi sharti — “Erkin mavzu” bo‘lib, ishtirokchilarga o‘z ijodiy qobiliyatlari, dunyoqarashi va sahna madaniyatini erkin tarzda namoyon etish imkonini berdi.
Tanlov yakunida hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra eng yuqori natijalarni qayd etgan ishtirokchi “Eng faol yosh o‘qituvchi” nominatsiyasi g‘olibi deb  «Umumkasbiy fanlar » kafedrasi o'qituvchisi X.Yuldasheva topildi.
Mazkur tadbir yosh pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy mahoratini oshirish hamda ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni keng joriy etishga xizmat qildi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz