BITIRUVCHI - 2025
2025-yil 8-iyul kuni Urganch Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida bitiruvchilarga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ta’lim muassasasi direktori M.M.Axmedova bitiruvchilarni samimiy tabrikladi, yoshlarga kеlgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilab, o‘z sohasining yеtuk mutaxassisi bo‘lishlariga ishonch bildirdi. Bayramona kayfiyat, ko‘tarinki ruh va samimiy tuyg‘ular bilan o‘tgan ushbu tantanali tadbirda bitiruvchilar bilan birga ularning ota-onalari ham ishtirok etishdi. Ular mening farzandim o‘zining bilimi, intilishi va kasb egallashga qiziqishi tufayli bugun mutaxassisligi bo‘yicha diplom oldi deb faxrlanib ta’lim muassasasi o‘qituvchilarga o‘z minnatdorchiliklarini bildiririshdi. Tadbir yakunida qalbida vatanparvarlik tuyg’ulari jo‘sh urgan, qalbi iftixorga to‘lgan, bugun men nimalarga erishdim va ertaga meni nimalar kutmoqda degan o ‘y-xayollar og‘ushida turgan bitiruvchilar dil izhorlarini bayon qilishdi. Bitiruv marosimida a’lo xulqi, o‘qishlaridagi muvaffaqiyatlari, odob-axloqi va bilim egallashdagi alohida yutuqlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilarga va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.
Ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan ushbu tadbirda o‘quvchilar va ijodkor yoshlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.









Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Yangi maqom - yangi marralar sari boshlangan sharafli yo‘l muborak bo‘lsin!25-04-2025, 19:21
Bitiruvchi 202315-07-2023, 22:20
“Bitiruvchi bandligi – 2025” Sizning kelajagingiz sari qadam!9-07-2025, 11:37
DIREKTOR VA TALABALAR UCHRASHUVI28-01-2025, 10:58
Ta’lim muassasasida “Urf-odatlar va qadriyatlar marosimi” mavzusida adabiy - badiiy tadbir o‘tkazildi.4-04-2025, 09:50











