Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » OCHIQ MAHORAT DARSI

OCHIQ MAHORAT DARSI

29-04-2026, 20:00
458
2026-yil 28-aprel kuni Urganch davlat tibbiyot institutida “Pediatriya va oliy hamshiralik ishi” kafedrasi mudiri, PhD Tojiyava Z.B. hamda “Hamshiralik ishi” kafedrasi yetakchi o‘qituvchisi Jumanazarova Z.Sh tomonidan «Farmatsiya»  yo‘nalishi 2-bosqich, 2-guruh talabalari ishtirokida “Hamshiralik ishi texnikasi” fanidan ochiq mahorat darsi tashkil etildi.
Mazkur ochiq dars davomida talabalarga hamshiralik amaliyotining zamonaviy usullari, bemor parvarishi jarayonidagi muhim ko‘nikmalar hamda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar namoyish etildi. Shuningdek, dars jarayonida interfaol metodlardan samarali foydalanilib, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.
Ochiq mahorat darsi yuqori saviyada o‘tkazilib, unda ishtirok etgan talabalarda fan bo‘yicha nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish imkoniyati yaratildi
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz