Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari – 2026” kasbiy milliy mahorat tanlovi viloyat bosqichi gʻoliblari tantanali ravishda taqdirlandi

“Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari – 2026” kasbiy milliy mahorat tanlovi viloyat bosqichi gʻoliblari tantanali ravishda taqdirlandi

30-06-2026, 16:53
81
Urganch shahridagi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi binosida “Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari – 2026” kasbiy milliy mahorat tanlovining II (viloyat) bosqichi gʻoliblarini tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Mazkur nufuzli tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PQ–316-son qarori ijrosini taʼminlash, yoshlarning kasb-hunarga boʻlgan qiziqishini yanada oshirish, ularning kasbiy mahoratini ragʻbatlantirish hamda mehnat bozori talablariga javob beradigan malakali va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash maqsadida tashkil etildi.
Taqdirlash marosimida Xorazm viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyat mudiri Jahongir Nurmetov, Xorazm viloyati Kasbiy taʼlim boshqarmasi boshligʻi Otabek Saidov, Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i Bobur Olimov, O’zbekiston mahallalari uyushmasi Xorazm viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi Sanobar Sapayeva, hamkor tashkilotlar vakillari, soha mutasaddilari, taʼlim muassasalari rahbarlari, ustozlar va oʻquvchilar ishtirok etdi.
Tanlovning eng nufuzli yoʻnalishlaridan biri hisoblangan “Tibbiy va ijtimoiy gʻamxoʻrlik” nominatsiyasida Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi oʻquvchilari munosib ishtirok etib, yuqori natijalarga erishdilar.
Gʻoliblar:
🥇 1-oʻrinIlxomova Xilola Bekchan qizi
🥈 2-oʻrinOtayeva Lobar Narimon qizi
🏅 4-oʻrinQadirova Maftuna Muzaffar qizi
Tantanali marosim davomida tanlov gʻoliblariga maxsus diplomlar hamda pul mukofoti vaucherlari topshirildi.
Shuningdek, oʻquvchilarni tanlovga puxta tayyorlagan fidoyi ustozlar — R. To'rayeva, D. Palvanova va S. Iskandarovalarning mehnati ham munosib eʼtirof etilib, ularga tashakkurnomalar va pul mukofoti vaucherlari tantanali ravishda topshirildi.
Mazkur tanlov yoshlarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, iqtidorli oʻquvchilarni qoʻllab-quvvatlash hamda mamlakatimiz taraqqiyoti uchun zamonaviy bilim va amaliy koʻnikmalarga ega, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash yoʻlidagi muhim tashabbuslardan biri sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi jamoasi nomidan tanlov gʻoliblari va ularning ustozlarini samimiy muborakbod etamiz. Kelgusidagi faoliyatlarida ularga ulkan zafarlar, yangi marralar va yurtimiz ravnaqi yoʻlidagi ezgu ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
G‘oliblarni qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan samimiy tabriklaymiz!                                                            Tanlovning keyingi bosqichlarida ularga ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Zafarlaringiz bardаvom boʻlsin, Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari!

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz