Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Germaniyada tibbiyot sohasida ishlash imkoniyatlariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

Germaniyada tibbiyot sohasida ishlash imkoniyatlariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi

2-06-2026, 17:32
8
2026-yil 2-iyun kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Hamshiralik ishi” yo'nalishi 1-bosqich talabalari ishtirokida Germaniyada tibbiyot sohasida faoliyat yuritish imkoniyatlariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuv O‘zbekiston Migratsiya agentligi hamda Shveysariyaning “Globogate Concept AG” kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilayotgan GLOBOGATE dasturi doirasida tashkil etildi. Tadbirda GLOBOGATE kompaniyasining O‘zbekistondagi koordinatori   N. Tillashayxova hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Xorazm viloyati filiali xodimi I. Nurmetovlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida Germaniyada tibbiyot xodimlariga bo‘lgan ehtiyoj, mazkur dasturda ishtirok etish shartlari va uning afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, dastur ishtirokchilari 3 yil davomida nemis tili, tibbiyot yo‘nalishi hamda madaniy integratsiya bo‘yicha ta’lim olib, o‘quv jarayonini muvaffaqiyatli yakunlaganlaridan so‘ng Germaniyaning tibbiyot muassasalarida mehnat faoliyatini olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Mazkur loyiha Germaniyada tibbiyot sohasi uchun malakali mutaxassislar tayyorlash bilan bir qatorda, O‘zbekiston yoshlari uchun xalqaro tajriba orttirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va munosib ish o‘rinlariga ega bo‘lish imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.
Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz