Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Germaniya va O'zbekiston hamkorligi

Germaniya va O'zbekiston hamkorligi

7-10-2025, 10:49
89
Bugun viloyatimizda Shvetsariyaning “Globogate Concept AG” kompaniyasi va O‘zbekiston Migratsiya agentligi hamkorligida Germaniyada tibbiyot xodimlarini ishga jalb qilish bo‘yicha qator loyihalar yo‘lga qo‘yilmoqda.
 Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida joriy yilning 4-oktabr kuni 
“Davolash ishi”  yo‘nalishida tahsil olayotgan 1-kurs talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. 
Uchrashuvda Germaniya va O'zbekiston hamkorligining mazmun- mohiyati,
hamkorlikning  asosiy maqsadi, Germaniyada tibbiyot xodimlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirish, shuningdek, O‘zbekiston yoshlari uchun xalqaro tajriba orttirish va xorijda faoliyat yuritish imkoniyatlari haqida batafsil tushuntirish berildi.

🎓 Talabalar mazkur akademiyada nafaqat tibbiy bilimlarni, balki yuqori sifatli nemis tili va madaniy integratsiya kurslarini ham o‘zlashtiradilar.

3 yil davomida ta’lim olgan bitiruvchilar Germaniya tibbiyot klinikalarida ish faoliyatini boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz