"Germaniya tibbiyot akademiyasi" ochilishi
Bugun viloyatimizda Shvetsariyaning “Globogate Concept AG” kompaniyasi va migratsiya agentligi hamkorligida Germaniyada tibbiyot xodimlarini ishga jalb qilish bo‘yicha qator loyihalar yo‘lga qo‘yilmoqda.Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi negizida "Germaniya tibbiyot akademiyasi" ochilishi munosabati bilan "Hamshiralik ishi" yo‘nalishi bo‘yicha texnikumda tahsil olayotgan 1-kurs talabalari va ularning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.Unda O‘zbekiston Migratsiya agentligi va GLOBOGATE dasturi orqali Germaniyada ishlash bo‘yicha GLOBOGATE kompaniyasining O‘zbekiston kordinatori N.Tillashayxova va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi migratsiya agentligi Xorazm filiali xodimi R.Q.Niyazovlar ishtirok etishdi. Hamkorlikning asosiy maqsadi Germaniyada tibbiyot xodimlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirish va O‘zbekiston yoshlariga xalqaro tajriba orttirish imkoniyat yaratish ko‘zda tutilgan. talabalar nafaqat tibbiy bilimlarni, balki yuqori sifatli til va madaniy integratsiya kurslarini ham o‘zlashtiradilar. Mazkur akademiyada o‘qish istagida bo‘lgan talabalar 3 yil davomida nemis tili va tibbiyot sohasi bo‘yicha ta'lim olish, yakunida Germaniya tibbiyot klinikalarida ish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.



Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
🇺🇿 O‘zbekistonda hamshiralik sohasida o‘qing — Germaniya klinikalarida ishlang!22-08-2025, 15:08
Tibbiyot texnikumlarida tashqi mehnat migratsiyasi bilan hamkorlikda uchrashuv5-02-2024, 14:23
Nemis tili11-02-2025, 15:00
Endi kasb o‘rganishni O‘zbekistonda boshlab, Germaniyada davom ettirish mumkin!20-05-2025, 09:15
TARG‘IBOT16-04-2025, 12:25











