Shvetsariyaning “Globogate Concept AG” kompaniyasi va migratsiya agentligi hamkorligida Germaniyada tibbiyot xodimlarini ishga jalb qilish bo‘yicha qator loyihalar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Joriy yilning 22- oktabr kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 1-kurs talabalari bilan O‘zbekiston Migratsiya agentligi va GLOBOGATE dasturi orqali Germaniyada ishlash bo‘yicha GLOBOGATE kompaniyasining O‘zbekiston kordinatori N.Tillashayxova va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi migratsiya agentligi Xorazm filiali xodimi R.Q.Niyazovlar ishtirokida uchrashuv o'tkazildi . Uchrashuvning asosiy maqsadi Germaniyada tibbiyot xodimlariga bo‘lgan ehtiyojni qondirish va O‘zbekiston yoshlariga xalqaro tajriba orttirish imkoniyat yaratish ko‘zda tutilgan. Talabalar nafaqat tibbiy bilimlarni, balki yuqori sifatli til va madaniy integratsiya kurslarini ham o‘zlashtiradilar. Mazkur akademiyada o‘qish istagida bo‘lgan talabalar 3 yil davomida nemis tili va tibbiyot sohasi bo‘yicha ta'lim olish, yakunida Germaniya tibbiyot klinikalarida ish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.Talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha ma'lumot olishdi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
"Germaniya tibbiyot akademiyasi" ochilishi20-09-2025, 17:00
Texnikumda Shvetsariyaning “Globogate Concept AG” kompaniyasi va O‘zbekiston Migratsiya agentligi hamkorligida Germaniyada tibbiyot xodimlarini ishga jalb qilish bo‘yicha qator loyihalar yo‘lga qo‘yilmoqda.18-10-2025, 09:20
Germaniya va O'zbekiston hamkorligi7-10-2025, 10:49
Germaniya tibbiyot akademiyasi" ochilishi munosabati bilan texnikum 1-kurs oʻquvchilari uchun yigʻilish2-10-2025, 17:37
🇺🇿 O‘zbekistonda hamshiralik sohasida o‘qing — Germaniya klinikalarida ishlang!22-08-2025, 15:08











