Germaniya tibbiyot akademiyasi" ochilishi munosabati bilan texnikum 1-kurs oʻquvchilari uchun yigʻilish
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Shvetsariyaning “Globogate Concept AG” kompaniyasi va migratsiya agentligi hamkorligida Germaniyada tibbiyot xodimlarini ishga jalb qilish bo‘yicha qator loyihalar yo‘lga qo‘yilmoqda. Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi negizida "Germaniya tibbiyot akademiyasi" ochilishi munosabati bilan "Davolash ishi" yo‘nalishi bo‘yicha texnikumda tahsil olayotgan 1-kurs talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Yig‘ilishda ta’lim muassasasi direktori M.M.Axmedova Germaniyada tibbiyot xodimlariga bo‘lgan ehtiyoj, yaratiladigan sharoitlar, imtiyozlar, O‘zbekiston yoshlariga xalqaro tajriba orttirish imkoniyat yaratilganligi, talabalar nafaqat tibbiy bilimlarni, balki yuqori sifatli til va madaniy integratsiya kurslarini ham o‘zlashtirishlari haqida gapirdi. Mazkur akademiyada o‘qish istagida bo‘lgan talabalar 3 yil davomida nemis tili va tibbiyot sohasi bo‘yicha ta'lim olish, yakunida Germaniya tibbiyot klinikalarida ish imkoniyatiga ega bo‘lishlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishdi. 
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
"Germaniya tibbiyot akademiyasi" ochilishi20-09-2025, 17:00
🇺🇿 O‘zbekistonda hamshiralik sohasida o‘qing — Germaniya klinikalarida ishlang!22-08-2025, 15:08
Texnikumda qovoq sayli19-12-2024, 16:37
Tibbiyot texnikumlarida tashqi mehnat migratsiyasi bilan hamkorlikda uchrashuv5-02-2024, 14:23
Ta'lim muassasasi va ota-onalar hamkorligi— mustahkam bilim kafolati!29-01-2025, 11:04











