Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » KASBLAR FESTIVALI

KASBLAR FESTIVALI

13-05-2026, 09:29
121
2026-yil 12-may kuni Xorazm viloyatida tashkil etilgan “Kasblar festivali” Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida bo‘lib o‘tdi.
Festival davomida Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchilari tomonidan sog‘liqni saqlash sohasiga oid zamonaviy amaliy ko‘nikmalar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonlari, hamshiralik parvarishi, laboratoriya ishlari hamda tibbiyotda qo‘llanilayotgan innovatsion yondashuvlar keng namoyish etildi. O‘quvchilar o‘zlarining nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali namoyon etib, mehmonlar va festival ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdilar.
Mazkur festival yoshlarni zamonaviy va raqobatbardosh kasblarga yo‘naltirish, ularning kasbiy salohiyatini oshirish hamda professional ta’lim muassasalari faoliyatini keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
 
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz