Ishonch telefoni

OCHIQ DARS

7-05-2026, 09:56
203
2026-yil 4-may kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Terapiya kafedrasi bosh o‘qituvchisi G.K. Isakova tomonidan “Terapiyada va gerontologiyada hamshiralik ishi” fanidan “Anafilaktik shok, Kvinke shishi: klinik kechishi, sabablari, tez tibbiy yordam ko‘rsatish va parvarish qilish” mavzusida ochiq amaliy dars o‘tkazildi. Unda talabalar faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan nazariy bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali mustahkamlashdi. Dars davomida anafilaktik shok va Kvinke shishining kelib chiqish sabablari, belgilari hamda shoshilinch yordam ko‘rsatish algoritmlari batafsil tushuntirildi.
Amaliy qismda talabalar tomonidan turli klinik vaziyatlar sahnalashtirilib, to‘g‘ri tashxis qo‘yish va birinchi yordam ko‘rsatish ko‘nikmalari shakllantirildi. Shuningdek, bemorlarni parvarish qilishning zamonaviy usullari haqida ma’lumot berildi. Dars qiziqarli savol-javoblar, interaktiv metodlar asosida olib borildi va yuqori saviyada tashkil etildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz