Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / O'zbekiston yangiliklari » Xorazm viloyatida “Kasblar festivali – 2026” bo‘lib o‘tdi

Xorazm viloyatida “Kasblar festivali – 2026” bo‘lib o‘tdi

13-05-2026, 09:25
17
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, 2026-yildan boshlab 5-may sanasi “Kasb va mehnat kuni” sifatida keng nishonlanmoqda.

⌛Shu munosabat bilan 12-may kuni Xorazm viloyatida “Kasblar festivali – 2026” tashkil etildi. Festivalda viloyatdagi texnikum va kasb-hunar kollejlari o‘zlarining ta’lim yo‘nalishlari, amaliy ishlanmalari hamda innovatsion loyihalari bilan ishtirok etdilar.

⌛Ko‘rgazmali pavilyonlarda oshpazlik, sartaroshlik, turizm, energetika, tibbiyot, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy namoyishlar tashkil qilinib, maktab o‘quvchilariga kasb tanlash yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi.

⌛Festivalda Kasbiy ta’lim agentligi, Xorazm viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, boshqa tashkilotlar vakillari hamda ish beruvchi korxonalar rahbarlari ishtirok etdilar.

❗️“Kasblar festivali – 2026” yoshlarni kasb-hunarga qiziqtirish, kasbiy ta’limni ommalashtirish va mehnatga bo‘lgan hurmatni oshirishga xizmat qiluvchi muhim tadbir bo‘ldi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz