Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » KASBLAR FESTIVALI

KASBLAR FESTIVALI

12-05-2026, 17:00
121
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kasbiy ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq, 2026-yildan boshlab 5-may sanasi “Kasb va mehnat kuni” sifatida keng nishonlanmoqda. Mazkur sana munosabati bilan joylarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kasblar festivallari, ko‘rgazmalar hamda yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirishga qaratilgan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
2026-yil 12-may kuni Xorazm viloyatida “Kasblar festivali” yuqori saviyada tashkil etildi. Tadbir Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida bo‘lib o‘tdi.
Festivalda viloyatdagi 40 ta texnikum ishtirok etib, zamonaviy ta’lim jarayonlari, innovatsion loyihalar hamda o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari namoyish etildi. Ko‘rgazmalar, mahorat darslari va taqdimotlar yoshlarning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirdi.
Tadbirning ochilish marosimida Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari San’at Kamilovich Salayev ishtirok etib, professional ta’lim tizimini rivojlantirish va yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish borasidagi islohotlarga alohida to‘xtaldi.
Festival davomida tibbiyot, axborot texnologiyalari, xizmat ko‘rsatish va texnika yo‘nalishlarida amaliy chiqishlar hamda ijodiy dasturlar namoyish etildi.
Mazkur festival professional ta’lim tizimidagi yutuqlarni keng targ‘ib etish, tajriba almashish va yoshlarni kasbga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz