9-May — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Inson aziz — xotira muqaddas” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbiri yuksak saviyada tashkil etildi
2026-yil 8-may kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 9-May — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Inson aziz — xotira muqaddas” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbiri yuksak saviyada tashkil etildi. Ushbu tadbir xalqimizning mard va jasur ajdodlari xotirasiga hurmat bajo keltirish, yurt tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida fidokorona xizmat qilgan insonlarni eʼzozlashga bagʻishlandi.Tadbir davomida oʻquvchi-yoshlar tomonidan ijro etilgan mazmunli sheʼrlar, taʼsirchan sahna koʻrinishlari hamda vatanparvarlik ruhidagi kuy-qoʻshiqlar barchaga chuqur taassurot ulashdi. Ayniqsa, ona Vatanga muhabbat, tinchlikning bebaho neʼmat ekanini anglash, ajdodlar xotirasiga sadoqat va hurmat tuygʻularini tarannum etgan chiqishlar tomoshabinlar qalbidan chuqur joy oldi.
Shuningdek, Ikkinchi jahon urushi yillarida xalqimizning sabr-matonati, front ortidagi mashaqqatli va fidokorona mehnati, bugungi tinch va farovon hayotning qadriga yetish haqidagi sahna koʻrinishlari katta mahorat bilan namoyish etildi. Ushbu chiqishlar orqali yosh avlod qalbida tarixiy xotiraga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy gʻurur tuygʻulari yanada mustahkamlandi.Bayram tadbiri ko‘tarinki ruh, samimiy va unutilmas lahzalarga boy tarzda oʻtib, barcha ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi. Tadbir yoshlarni yurtga muhabbat, tinchlikni qadrlash va ajdodlar xotirasiga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.











