# Ochiq ma'rifat darsi
✅ Joriy yilning 5-may kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida “Funksional diagnostika ishi” yo‘nalishi 2-kurs o‘quvchilari bilan “Qatag‘on qurbonlari- istiqlol fidoiylari" mavzusida ochiq ma'rifat darsi yuksak saviyada tashkil etildi.Darsdan ko‘zlangan maqsad o‘quvchi-yoshlarda tarixga hurmat, ajdodlar xotirasiga ehtirom, vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish, tarixiy xotirani e’zozlash, o‘tgan ajdodlarimizning mehnati va fidoyiligini qadrlash, milliy qadriyatlarga sadoqat tuyg‘usini shakllantirishdan iboratdir.✅ Ochiq darsda o‘quvchilar jadidlar hayoti va ijodi va ularning Vatan ravnaqiga qo'shgan hissalari to'g'risida ma'lumotlarga ega bo'lishdi hamda "Najot - ta'limda, najot - tarbiyada, najot - bilimda" g'oyalarini anglab yetishdi.
Shuningdek, dars davomida xotira va qadriyatlarni asrashga bag‘ishlangan videolavhalar va sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, yoshlar qalbida chuqur taassurot qoldirdi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.











