Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » #DIREKTOR TABRIGI

#DIREKTOR TABRIGI

14-01-2026, 09:30
30
Hurmatli yurtdoshlar, aziz hamkasblar va fidoyi vatandoshlar!Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda 14-yanvar — “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Vatan himoyasi — har bir fuqaro uchun muqaddas va sharafli burchdir. Yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi va mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan mard va jasur harbiy xizmatchilarimizga chuqur minnatdorlik izhor etamiz. Sizlarning matonatingiz, sadoqatingiz va yuksak vatanparvarlik ruhingiz barchamiz uchun iftixor va ibrat maktabidir.
Shu ulug‘ bayram munosabati bilan barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, tinch va farovon hayot, mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda yuksak muvaffaqiyatlar tilayman. Yurtimiz osmoni doimo musaffo, Vatanimiz tinch, xalqimiz farovon bo‘lsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
M.M. Axmedova 
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi direktori
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz