9-may Xotira va qadrlash kuni
Har yili 9-may kuni Xotira va Qadrlash kuni keng nishonlanadi. Bu kun nafaqat urush yillarida halok bo‘lgan insonlarni yod etish, balki ularning jasorati, fidoiyligi va Vatanimiz uchun ko‘rsatgan jasoratlarini qadrlash kunidir. Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida ham bu muhim sanaga bag‘ishlangan “Inson aziz -xotira muqaddas” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad - o‘quvchi-yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish, tarixiy xotirani e’zozlashga o‘rgatish, o‘tgan ajdodlarimizning mehnati va fidoyiligini qadrlashdan iboratdir.
Tadbirda ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, urush davrining qiyinchiliklari, mehnat fronti faxriylari, millatimiz ozodligi uchun kurashgan fidoiylar xotirasi , shuningdek, o‘sha davrda o‘z jonini fido qilgan qahramonlar yodga olindi.
Ushbu sanaga bag‘ishlab o‘tkazilgan rasmlar tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi va rag‘batlantirildi.
Shuningdek, texnikumda samarali faoliyat yuritib yoshlarga nafaqat bilim va tarbiya, balki hayotning qadri, uning ma’no-mazmuni anglash kabi insoniy fazilatlardan saboq bergan hozirda bu dunyoni tark etgan ustozlar yod etildi.



Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
“Inson xotira tuyg‘usi bilan barhayotdir” mavzusida ma’naviyat soatlari tashkil qilindi30-04-2025, 17:24
# Ochiq ma'rifat darsi6-05-2025, 10:31
Xotira va qadrlash kuni10-05-2023, 13:43
9-may "Xotira va qadrlash kuni"10-05-2023, 13:41
"Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostida tadbir14-02-2025, 12:30











