BELLASHUV
Urganch Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida 5-may — Xalqaro doyalar kuni munosabati bilan "Davolash ishi" yo‘nalishi 2-bosqich talabalari o‘rtasida bellashuv tashkil etildi.Bellashuvda 2-kurs 1-guruh “Najot farishtalari” hamda 2-kurs 2-guruh “Nurli qo‘llar” jamoalari faol ishtirok etib, o‘zlarining chuqur bilimlari, amaliy ko‘nikmalari va kasbga bo‘lgan sadoqatlarini namoyon etdilar.
Qiziqarli kechgan bahslar yakunida “Nurli qo‘llar” jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi. “Najot farishtalari” jamoasi esa munosib tarzda 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Tadbir davomida talabalar doyalar kasbining inson hayotidagi beqiyos o‘rni, uning mas’uliyati va sharafini yuksak darajada ifodalab berdilar. Bellashuv ishtirokchilarning nafaqat bilim va mahoratini, balki jamoaviy hamkorlik, tezkor fikrlash va sahna madaniyatini ham namoyon etishiga xizmat qildi.
Mazkur tadbir “ Tor mutaxassislik fanlar” kafedrasi yetakchi o‘qituvchisi G.B.Ismailova hamda “Terapiya” kafedrasi bosh o‘qituvchisi Z.A.Sa’dullayeva tashabbusi va rahbarligida yuqori saviyada tashkil etildi.
Bayramona ruhda o‘tgan ushbu bellashuv barcha ishtirokchilar va tomoshabinlarga iliq taassurotlar ulashib, kasbga bo‘lgan mehr va hurmatni yanada mustahkamladi.
G‘olib va faol jamoalar tashkiliy qo‘mita tomonidan munosib taqdirlandilar.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.











