Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » “Eng faol yosh kitobxon” ko 'rik tanlovi

“Eng faol yosh kitobxon” ko 'rik tanlovi

28-04-2026, 19:00
37
2026-yil 27-aprel kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida kitobsevar yoshlarni yagona maqsad yo‘lida birlashtirgan “Besh tilda bitilgan doston” nomli ko‘rik-tanlov yuqori saviyada tashkil etildi. Axborot-resurs markazi mezbonligida o‘tkazilgan ushbu bellashuvda talabalar nafaqat kitobxonlik madaniyatini namoyon etdilar, balki o‘zlarining keng dunyoqarashi, mustaqil fikrlash qobiliyati va nutq madaniyatini ham yuksak darajada ko‘rsatdilar.
Tadbir mazmunli bahs-munozaralar, qiziqarli chiqishlar va unutilmas lahzalarga boy tarzda o‘tdi. Mazkur tanlov ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ularning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz