# Ochiq dars
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi “Hamshiralik ishi ” kafedrasi o‘qituvchisi O‘g‘iljon Rahimova tomonidan joriy yilning 19-noyabr kuni “Hamshiralik ishi” fanidan “Dori moddalarini organizmga yuborishda hamshiralik parvarishi“ mavzusida ochiq amaliy dars mashģuloti o‘tkazildi. Ochiq dars interfaol metodlardan unumli foydalangan holda tashkil etilganligi hamda o‘quvchilarning muolaja algoritmlarini to‘g‘ri bajarganliklari uchun yuqori baholandi. 🔵Ochiq dars mashg‘uloti davomida talabalar mavzuga doir yangi bilimlarni egallash imkoniga ega bo‘ldilar.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.











