KELAJAK SOATI
Joriy yilning 30-yanvar kuni Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi “Umumkasbiy fanlar” kafedrasi yetakchi o‘qituvchisi Saidahmedova Zuhra tomonidan “Hamshiralik ishi” yo‘nalishi 1-kurs 3-guruh o‘quvchilari bilan "Vatan oldidagi burch va mas’uliyat hissi” mavzusida ochiq kelajak soati o‘tkazildi. Ochiq darsning asosiy maqsadi yoshlar ongida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, fuqarolik burchi va shaxsiy mas’uliyat hissini shakllantirishdan iborat bo‘ldi. Dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar va interaktiv usullardan foydalanilib, o‘quvchilarning faol ishtiroki ta’minlandi. Mazkur ochiq dars mazmunli va yuqori saviyada tashkil etildi.
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.











