DAVRA SUHBATI
2026-yil 1-may kuni Urganch shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Xorazm filiali xodimi R.Q. Niyazov hamda NMT “Berliner” nemis tili o‘quv markazi xodimi O.R. Yaqubov tomonidan o‘quvchi-yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi. Unda yoshlar uchun xorijda ta’lim olish, mehnat faoliyatini qonuniy tashkil etish, migratsiya jarayonlaridagi imkoniyat va talablar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.Shuningdek, nemis tilini o‘rganishning ahamiyati, xalqaro sertifikatlar, Germaniyada o‘qish va ishlash shartlari yuzasidan foydali tavsiyalar berildi. Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar. Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning kelajak rejalari va kasbiy yo‘nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Shvetsariyaning “Globogate Concept AG” kompaniyasi va migratsiya agentligi hamkorligida Germaniyada tibbiyot xodimlarini ishga jalb qilish bo‘yicha qator loyihalar yo‘lga qo‘yilmoqda.22-10-2025, 19:47
Nemis tili11-02-2025, 15:00
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida rasmiy tashrif24-05-2025, 10:00
PAYSHANBA- YOSHLAR KUNI5-03-2026, 13:24
"Germaniya tibbiyot akademiyasi" ochilishi20-09-2025, 17:00











