Ishonch telefoni
Bosh sahifa » BOSH SAHIFA / Texnikum yangiliklari » Texnikumda “Eng faol yosh o‘qituvchi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Texnikumda “Eng faol yosh o‘qituvchi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

7-05-2025, 16:28
18
Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida “Yosh o‘qituvchilar maktabi” rahbari G.I.Palvanova boshchiligida  “Eng faol yosh o‘qituvchi”  ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda  5 nafar yosh o‘qituvchi quyidagi  shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar:
1-shart:  Tanishtiruv. “Mening jamiyatdagi o‘rnim” 
2-shart:Pedagogik mahorat (Men dars jarayonida eng ko‘p qo‘llaydigan metod)
3-shart: O‘qitish samarasini oshirishga xizmat qiluvchi mening innovatsion g‘oyam.
4-shart:  “Atrof -muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” mening nazarimda. 
5-shart: Erkin mavzu.
Ko‘rik- tanlovga  hakamlar hay’ati a’zosi sifatida TTA Urganch filiali  “Akademik litsey va texnikumlarga uslubiy yordam ko‘rsatish sektori boshlig‘i” T.A.Jumaniyazova ham taklif qilindi.
Bunday tanlovlarni o‘tkazishdan asosiy maqsad o‘z kasbiga sadoqatli, yangilikka intiluvchi va faol yosh o‘qituvchilarni e’tirof etish, qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, jamoat ishlaridagi ishtirokini kuchaytirish, tashabbuskorligini rivojlantirish, zamonaviy metodikalarni qo‘llayotgan hamda dars jarayoniga kreativlik olib kirayotgan yosh mutaxassislarni aniqlash va tajribalarini ommalashtirishdan iboratdir.
“Eng faol yosh o‘qituvchi”  ko‘rik-tanlovida “Hamshiralik ishi” kafedrasi yetakchi o‘qituvchisi Allaberganova Sevinch Ruslanovna122 ball bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 
Tadbir ishtirokchilari ma’muriyat tomonidan faxriy yorliq va estalik sovg‘lar bilan taqdirlanishdi.                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                             
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.




ru en uz